“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 23:18
ЎЗO‘Z

Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi

27 apr, 23:59 15 314 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi Ma’muriy javobgarlik kodeksida pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.

O‘zbekistonda pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 223-moddasiga o‘zgartish kiritgan qonun Prezident tomonidan 25 aprel kuni imzolandi.

Shu kundan boshlab pasporti bo‘lishi shart bo‘lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi, shuningdek, pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportning yo‘qolishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarimaga tortilishiga sabab bo‘ladi (avval — EKIHning bir baravaridan uch baravarigacha edi). Xuddi shu qoidabuzarlik ma’muriy javobgarlik qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida qayta sodir etilsa, jarima miqdori EKIHning besh baravari miqdorida oshiriladi.

Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz, turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashashiga yo‘l qo‘yishi, xuddi shuningdek fuqarolarning o‘z turar joylarida pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan shaxslar yashab turishiga yo‘l qo‘yishi EKIHning 10 baravari miqdorida jarimaga tortilishiga sabab bo‘ladi (avval — EKIHning 3 baravaridan 10 baravarigacha edi). Xuddi shu qoidabuzarlik ma’muriy javobgarlik qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida qayta sodir etilsa, jarima miqdori EKIHning 15 baravari miqdorida oshiriladi.

Kodeks, shuningdek, 223-1-"Pasportdan noqonuniy foydalanish", 223-2-"Ishga qabul qilishda pasport tizimi qoidalarini buzish" va 223-3-"Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki ularning pasportlarini garovga olish" moddalari bilan to‘ldirildi.

Fuqarolarning yo‘qolganligi to‘g‘risida o‘zlari ariza bergan o‘z pasportlaridan, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli pasportlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi EKIHning10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi

pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz, turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashayotgan fuqarolarni ishga qabul qilish mansabdor shaxslarning eng kam ish haqining 10 dan 15 baravarigacha jarimaga tortilishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shu qoidabuzarlik jarima qo‘llanilgandan so‘ng bir yil ichida qayta sodir etilsa, mansabdor shaxslar EKIHning 20 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki ularning pasportlarini garovga olish mansabdor shaxslarga EKIHning 10 dan 15 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Matn: «Gazeta.uz»




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 2
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 22
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 98
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 0
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 0
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 2
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 22
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 98
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Bo‘limlar