“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:41
ЎЗO‘Z

Milliarder Charlz Kox Xillari Klintonga so‘zlash ohangini o‘zgartirishni tavsiya qildi

24 apr, 22:49 7 501 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliarder Charlz Kox Xillari Klintonga so‘zlash ohangini o‘zgartirishni tavsiya qildi AQShning sobiq Davlat kotibi Xillari Klinton nafaqat Demokratik partiya nomidan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, balki noyabrdagi saylovlarda g‘olib bo‘lishi uchun xatti-harakatlari hozirdagi nutqidan tubdan farq qilishi kerak. Bunday fikrni ABC telekompaniyasiga nufuzli amerikalik milliarder Charlz Kox aytib o‘tdi. Kox o‘zining ukasi Devid bilan Koch Industries korporasiyasiga egalik qiladi va Respublikachilar partiyasining eng yirik homiysi hisoblanadi.

Kox intervyuda Bill Klinton AQSh prezidenti majburiyatlarini davlat sarflarini oshirib borgan Kichik Jorj Bushdan ko‘ra yaxshiroq eplaganini aytdi. "Klinton, albatta, o‘rnak olish uchun namuna bo‘lmagan. Biroq sarflarni oshirish borasida emas. Sarflar Bush paytida Klinton paytidagidan 2,5 barobar katta bo‘lgan", deb aytdi Kox.

Koxdan Xillari Klinton respublikachi nomzodlarning istalganidan yaxshiroq prezident bo‘la olishi mumkinligi haqida so‘ralganda, "Ha, mumkin", deb qisqagina javob bergan.

Kox sobiq davlat kotibini rasman qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi haqidagi savolga javob berishdan qochdi. "Buning uchun uning asl harakatlari uning nutqidan farq qilishiga ishonishimiz kerak", deb aytdi milliarder.

Aka-uka Koxlarning AQSh saylovoldi kampaniyasining joriy bosqichdagi siyosiy afzalliklari barcha siyosatshunoslarni qiziqtirmoqda. Shunisi ma’lumki, magnatlar na demokratlar, na respublikachi nomzodlardan birortasini qo‘llab-quvvatlashga biror sent sarflashmagan.

Xillari Klinton so‘zlarining keskinligi nafaqat uning partiya bo‘yicha raqibi senator Berni Sandersni hayron qoldiradi. Misol uchun, The New York Times gazetasining Oq uydagi doimiy muxbiri Mark Lendler o‘zining maqolasida Klinton AQSh prezidenti bo‘lsa, davlatni Amerikaning ustunligiga ishonuvchi va Rossiyaga adovat bilan qaraydigan "lochin" (o‘z davlati mavqeini yaxshilash maqsadida boshqa davlat, hukumat va tashkilotlarga nisbatan qat’iy choralar qo‘llash tarafdori) boshqarishini aytgan. Jurnalistning aytishicha, Klinton "tashqi siyosatda Obama va ko‘plab demokratlardan ko‘ra tajovuzkorroq harakat qiladi", deyiladi "Kun" nashrida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar