“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:35
ЎЗO‘Z

Yoshlarni endi onlayn muhitdan himoyalash mumkin bo‘ladi

21 apr, 12:15 7 234 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yoshlarni endi onlayn muhitdan himoyalash mumkin bo‘ladi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tomonidan o‘zbek va rus tillarida “Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma” ishlab chiqildi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

Mazkur qo‘llanma Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 7 apreldagi qo‘shma qarori asosida tasdiqlandi. Qo‘llanmaning tasdiqlanishi, shuningdek, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Respublika “Kamolot” YoIH Markaziy kengashi bilan kelishildi.

“Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma” voyaga etmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar mavjud. Jumladan, qo‘llanmada voyaga etmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) bo‘lingan holda, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va tavsiyalar berilgan.

Qo‘llanma respublika bo‘ylab tarqatilganidan so‘ng, yosh foydalanuvchilar Internet tarmog‘idagi salbiy kontentlardan himoyalanish usullarini o‘rganishlari, ota-onalar esa farzandlarining Internet tarmog‘idan to‘g‘ri va samarali foydalanishlarini ta’minlay olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning dekabr oyida respublikadagi 7 ta vazirlik va idoralar – Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Respublika “Kamolot” YoIH Markaziy kengashi o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasida Internet-madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar rejasi” kelishilgan bo‘lib, ushbu chora-tadbirlar rejasi asosida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 125
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 147
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 268
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar