“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:16
ЎЗO‘Z

Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi

29 noya, 13:47 2 507 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 29 noyabr, dushanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.

Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 10 730 — 10 780 so‘mga sotib olishni, 10 830 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich. Bundan oldingi rekord qariyb ikki oy oldin — 18 noyabrda o‘rnatilgan edi. O‘shanda 1 AQSH dollarining kursi 10 810 so‘mga chiqqan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

«Savdogar bank»: sotib olish — 10 755 so‘m, sotish — 10 810 so‘m;
«Aloqa bank»: sotib olish — 10 770 so‘m, sotish — 10 830 so‘m;
«Mikrokredit bank»: sotib olish — 10 750 so‘m, sotish — 10 830 so‘m;
«Kapital bank»: sotib olish — 10 780 so‘m, sotish — 10 830 so‘m;
Asia Alliance Bank: sotib olish — 10 770 so‘m, sotish — 10 830 so‘m.

Markaziy bank 18 noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagan. Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 14,46 so‘mga ko‘tarilib, 10 755,26 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda 15 fevraldan boshlab valyuta kursi haftada bir marta emas, har ish kuni e’lon qilinishi belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 51
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 166
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 125
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar