“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:32
ЎЗO‘Z

«Har bir xonadonda kamida 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5–6 ta qo‘y va echki, 5 ta asalari uyalari boqishni yo‘lga qo‘yish shart» — Shavkat Mirziyoyev

24 noya, 23:49 2 458 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Har bir xonadonda kamida 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5–6 ta qo‘y va echki, 5 ta asalari uyalari boqishni yo‘lga qo‘yish shart» — Shavkat Mirziyoyev Aholi daromadini oshirish va bozorlar to‘kin-sochinligini ta’minlash uchun, har bir xonadonda kamida 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo‘y va echki, 5 ta asalari uyalari boqishni yo‘lga qo‘yish shart. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Qo‘shrabot tumanida Soliq qo‘mitasi va viloyat hokimligi ‘loyiha ofisi’ni tashkil qilib, mahallalarga 300 dan ortiq inkubator olib bergan. Bunda, har bir xonadonga veterinariya xizmatlari ko‘rsatish va zarur ozuqalarni yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Eng muhimi, tumanda yiliga 1 million tuxum qo‘yadigan, xonaki tovuq yetishtiradigan ‘mahallalar klasteri’ shakllandi.

Mas’ullar ‘Mikrokredit bank’, ‘Xalq banki’, ‘Agrobank’ bilan birga, bir oy muddatda har bir tumanda xonadonlarda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ‘loyiha ofislari’ni tashkil etsin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tijorat banklari tomonidan yiliga 11-12 million dona tovuq tarqatish bo‘yicha resurslar mavjudligi, lekin parranda naslchiligi sanoat uchun moslashgan bo‘lib, bunday parrandalarni xonaki usulda boqib bo‘lmasligi qayd etildi.

Viloyat hokimlari «Parrandasanoat» bilan birga, yil yakuniga qadar joylardagi ehtiyojni o‘rganib, hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlardan xonaki parranda tuxumlarini olib kelib, aholiga tarqatishni yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha topshiriq berildi.

«Mas’ullar viloyat hokimlari bilan birga, ikki oy muddatda hudud ehtiyojidan kelib chiqib, xonaki parrandalar naslchiligi korxonalarini tashkil etsin», — deya ta’kidladi prezident.

Davlat rahbari tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, «Eltexsanoat», tijorat banklari va viloyat hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda har bir tumanga kamida 100 tadan kichik inkubatorlar yetkazib berish bo‘yicha ishlarni boshlashi bo‘yicha vazifa belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 140
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 120
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar