“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:28
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunni imzoladi

15 okt, 12:44 2 419 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev yangi qonunni imzoladi Foto: Prezident matbuot xizmati.
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–722-con, 14.10.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan Soliq kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, Kodeksning 99-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni belgilangan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishga haqli ekanligi belgilandi (bundan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i mustasno).

Shuningdek, 100-moddaga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, faoliyatni 3 yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotgan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lagan, ammo moliyaviy ahvoli soliq qarzini muddatida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan manfaatdor shaxslarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi mumkin.

Kodeksning 378-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasining professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi (ilgari ushbu imtiyoz faqat oliy ta’lim bo‘yicha tatbiq etilgan).




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 53
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 126
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 42
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar