“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:29
ЎЗO‘Z

Buxoroda amalga oshirilishi rejalashtirilgan «mega-loyihalar» ma’lum qilindi

12 okt, 15:31 1 601 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda amalga oshirilishi rejalashtirilgan «mega-loyihalar» ma’lum qilindi Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyat sanoati uchun kelgusi yillar «keskin burilish davri» bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Kelgusi yillarda Buxoroda jami 8 milliard dollarlik 5 mingta loyiha amalga oshirilib, 100 ming yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bunda, eng avvalo, sanoatning strategik tarmoqlarida xom ashyoni chuqur qayta ishlashga qaratilgan 5 ta «mega loyiha» amalga oshiriladi
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlanishicha, Qorako‘l tumanida qiymati 2,7 milliard dollarlik, yiliga 1,3 milliard kub metr gazni qayta ishlaydigan gaz-kimyo kompleksini barpo etish loyihasi boshlanadi.

Bu loyiha doirasida, eng zamonaviy texnologiyalar asosida, yiliga 770 ming tonna polimerlar ishlab chiqariladi.
Ushbu korxonaning atrofida sanoat klasteri tashkil etilib, unda qurilish materiallari, kimyo, yengil sanoat, elektrotexnika, avtomobilsozlik va boshqa mahalliy sanoat tarmoqlari uchun, 100 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Shu orqali, Qorako‘l, Olot, Jondor va Peshku tumanlarida 3 mingta doimiy ish o‘rni yaratilib, yiliga 110 million dollarlik mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 159
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 124
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 169
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar