“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:22
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Aytilgan tashabbuslar har bir tadbirkorga yetib borishi shart»

25 avg, 07:30 2 267 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Aytilgan tashabbuslar har bir tadbirkorga yetib borishi shart» Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari hozirgi murakkab pandemiya davrida va undan keyingi og‘ir sharoitda tadbirkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish zarurligini qayd etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda joylarda tadbirkorlik rivojiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘plab tizimli muammolarni muhokama qilib oldik. Kuni kecha 60 ga yaqin tashabbus va takliflarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlab berdim. Har kuni kamida 2 tadan qarorlarga imzo qo‘yib beryapman.

Yirik loyihalarni infratuzilmaga ulash, turizm, umumiy ovqatlanish va eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozlar berish, qo‘shilgan qiymat solig‘i tizimini soddalashtirish, induksion pechlar bo‘yicha taqiqlarni bekor qilish kabi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Ushbu berilgan imtiyoz va yengilliklar hozirgi murakkab pandemiya davrida va undan keyingi og‘ir sharoitda biz uchun iqtisodiyotning drayveri hisoblangan tadbirkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishi zarur.

Shu bois viloyat, tuman hokimlari va sektor rahbarlari ham xuddi shu ‘tempda’ ishlashi, o‘z faoliyatini yangicha ish tizimi asosida yo‘lga qo‘yib, har kuni tadbirkorlar bilan uchrashib, qarorlar ijrosini ta’minlashi, amaliy muammolarini hal qilib borishi kerak. Aytilgan tashabbuslar har bir tadbirkorga yetib borishi, amalda bajarilishi, ular o‘z faoliyatida buning natijasini, albatta, his etishlari shart.

Umuman, har bir viloyat, tuman va shahar hokimi ochiq muloqot orqali tadbirkorlarga berilgan ishonchni oqlashi uchun uch kun muddatda o‘zining haftalik ish rejasini ishlab chiqib, mahalliy kengashlarda tasdiqlatishi zarur
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 123
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar