“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:27
ЎЗO‘Z

Soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoni kimlarga va qanday tartibda beriladi?

06 iyun, 11:00 3 488 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoni kimlarga va qanday tartibda beriladi?
Prezident qarori asosida, 2021 yil 1 iyundan boshlab soliq to‘lashda intizomli bo‘lgan tadbirkorlarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.

Shu mavzu yuzasidan Kun.uz savollariga Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti bo‘lim boshlig‘i Umid Hamroyev javob berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqmoqda. Shuningdek, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi, bular kuchga kirguncha vaqtinchalik tartibga amal qilinadi.

— Kimlar soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi?
— 2021 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘liq to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra, soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlari soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.
Soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 97-moddasi 13-qismi talablarini inobatga olib, soliq agentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

— Soliqlarni qancha miqdorda bo‘lib to‘lash mumkin bo‘ladi?
— Garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan soliq summasi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan oxirgi uch yil davomida to‘langan soliq summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Deylik, tadbirkor bugungi kunda 150 million so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchi. Bu tadbirkor 2018 yil 6 iyundan 2021 yil 6 iyungacha (3 yil muddatda) soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgan va mana shu 3 yil davomida jami to‘langan soliqlar miqdori 200 million so‘m (50 foizi 100 million so‘m). Mazkur holatda tadbirkor 150 million so‘mlik soliqlarning 100 million so‘mga teng miqdorini garovsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.

— Bu imkoniyatdan tadbirkorlik sub’ektlari qancha muddatgacha foydalanishi mumkin?
— Soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash tadbirkorlik sub’ektlari to‘lov muddatlari ko‘rsatilgan grafik asosida Davlat soliq boshqarmalari va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 12 oy muddatgacha taqdim etiladi.
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddatlari buzilgan taqdirda, soliq organining soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi qarori muddatidan oldin tugatilishi mumkin.

— Soliqlarni bo‘lib to‘lash uchun qayerga murojaat qilish lozim?
— Tadbirkorlik sub’ektlari soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari uchun soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali hududiy soliq organlariga ariza bilan (ariza shakli quyida keltirilgan) murojaat qiladilar.
Tadbirkorlik sub’ektlarining arizasi belgilangan talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ikki ish kunida soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashni rad etish to‘g‘risida hududiy soliq organining qarori qabul qilinadi.

— Arizalarni ko‘rib chiqish muddati qancha, necha kun ichida tadbirkor javob olishi mumkin?
— Tadbirkorlik sub’ektlarining arizasi kelib tushgan sanadan boshlab 2 ish kuni mobaynida soliq organi mas’ul xodimi tomonidan o‘rganiladi hamda o‘rganish yakuni bo‘yicha 1 ish kuni ichida Davlat soliq boshqarmalari va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish yuzasidan xulosa taqdim etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi 2 ish kunida hududiy soliq organining xulosasi asosida soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

— O‘rnatilayotgan vaqtinchalik tartibda yana nimalar nazarda tutilgan, tadbirkorlar nimalarni bilishi lozim?
— Garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan soliq summasiga shu davrda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda foizlar hisoblanadi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga soliq organining soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan, shuningdek, soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi qarori muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, bu haqda tadbirkorlik sub’ektlarining Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga asoslantirilgan xat orqali xabar yuboriladi.

— Bu vaqtinchalik norma deyilmoqda. Bu tartib qachongacha amal qiladi?
— Moliya vazirligi tomonidan buni doimiy norma sifatida O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga kiritish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Madina Ochilova suhbatlashdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 121
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 118
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 98
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 163
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar