“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:37
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning «Polsha»si sifatida e’tirof etildi

22 мая, 16:06 4 628 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning «Polsha»si sifatida e’tirof etildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yilning 17 may kuni «Raiffeisen Research» tomonidan «O‘zbekiston iqtisodiyotiga nazar: Polsha va Ukraina izidan» (Uzbekistan Economic Insights: On the footsteps of Poland and Ukraine) nomli tahliliy hisobot chop etildi.

«Raiffeisen Research» – Avstriyaning ikkinchi yirik banki «The Raiffeisen Banking Group»ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, uning tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar, jumladan «Raiffeisen Bank International AG» hamda korporativ mijozlar uchun keng qamrovli makroiqtisodiy tadqiqotlar va kapital bozorlari bo‘yicha tahlillarni amalga oshiradi.

«Raiffeisen Bank International AG» investitsion banki – «The Raiffeisen Banking Group» tarkibiga kiradi va asosiy faoliyatini Avstriya hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasida olib boradi.

«Raiffeisen Bank International AG» O‘zbekiston bilan ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega bo‘lib, «Sanoatqurilishbank» ATB, «Ipoteka-bank» ATIB va «Uzauto Motors» AJning korporativ obligatsiyalarini chiqarish va xalqaro moliya bozorlarida joylashtirishda faol ishtirok etgan.

Hisobot mualliflarining fikriga ko‘ra, keng miqyosdagi islohotlar dasturi ortidan O‘zbekiston o‘zini Markaziy Osiyoning «Polsha»si sifatida tanitdi. Jahon moliyaviy inqirozi davrida (2008-2009 yy.) Polsha kabi O‘zbekiston ham 2020 yilgi koronavirus pandemiyasi inqirozi sharoitida ijobiy iqtisodiy o‘sishni saqlab qolib, muqarrar iqtisodiy inqirozning oldini olishga erishdi.
Bunga hisobotda bir qator iqtisodiy faktorlar asos qilib ko‘rsatildi. Xususan:
COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlariga qaramay O‘zbekiston YaIMning o‘sishi 2016-2022 yillarda o‘rtacha 5 foizni tashkil qildi.
Bu, o‘z navbatida, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo  mintaqasidagi o‘rtacha YaIM o‘sish – 2,5 foizga nisbatan yuqori hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, uzoq muddatni ko‘zlagan oqilona iqtisodiy siyosat, bardoshlilik hamda inqirozni samarali boshqarish O‘zbekistonga mintaqa mamlakatlariga nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sishni qayd etish imkonini berdi.

Shuningdek, olib borilayotgan barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan fiskal siyosat davlat qarzini sezilarli darajada (YaIMning 40 foizidan) oshirmagan holda inqirozga qarshi mazmunli kurashish uchun zamin yaratdi.

Natijada, nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish istiqbollari saqlab qolinib, ularning prognoz ko‘rsatkichlari 2021-2022 yillarda 5-6 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Uzoq muddatli institutsional islohotlar bilan bir qatorda pul-kredit siyosatini yuritish va bank tizimini nazorat qilishda Markaziy bankning mustaqilligini ta’minlash hamda samarali bank tizimini shakllantirish – uzoq muddatli iqtisodiy transformatsiyaning muhim bosqichi yoki poydevori hisoblanadi.

Xususan, Markaziy bank mustaqil ravishda o‘zining konservativ va cheklangan yuqori foiz siyosatini yuritmoqda va bu, o‘z navbatida, inflyasion bosim yuqori bo‘lgan joriy sharoitlarda asosli hisoblanadi. Shu bilan birga, yuqori foiz stavkalari mahalliy kapital bozoriga xorijiy investorlarni jalb qilishda qo‘l keladi hamda valyuta kursida kuchli tebranishlarning oldini olishga xizmat qilishi mumkin.

Umuman olganda, ijobiy va uzluksiz kapital oqimi O‘zbekistonga keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish jarayonida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va joriy operatsiyalar hisobi defitsitini qoplash uchun zarurdir.

Mamlakatning 33 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi (taxminan YaIMning 60 foizi) oltin-valyuta zaxiralari 16-20 oylik import xarajatlarini qoplash uchun yetarli bo‘lib, O‘zbekistonning ushbu jarayonga yaxshi tayyorlanganligini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan faol savdo aloqalari natijasida tashqi savdo hajmi so‘nggi 5 yilda (2016-2020) 40 foizga oshib, yuqori o‘sish dinamikasini qayd etilmoqda. Shunga qaramay, respublikada 2026 yilga kelib tashqi savdo hajmini yana qariyb 2 barobarga (YaIMning 60 foizi) oshirish salohiyati mavjud.

Samarali pul-kredit siyosati va valyuta islohotlaridan so‘ng, xalqaro moliyaviy institutlar yordamida bank tizimi isloh qilinmoqda. Bunda, davlat ulushi mavjud banklarning bozor mexanizmlariga asoslangan biznes modeliga transformatsiyasi hamda 2025 yilga qadar bank tizimining jami aktivlaridagi davlat ulushini 85 foizdan 40 foizga tushirish ko‘zda tutilgan.

Maqsadli tranformatsiya bank tizimidagi raqobatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish, narxlarning barqarorlashishi va xususiy sektorning rivojlanishi, milliy valyutada kreditlashning ortishi va uzoq muddatda dollarlashuv darajasinining pasayishiga imkon beradi.
Xalqaro banklar O‘zbekiston va respublika emitentlarining
2019-2021 yillarda xalqaro moliya bozorlarida joylashtirilgan jami 3 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi suveren va korporativ xalqaro obligatsiyalarini sotib olish bilan birga, 7 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalarini taqdim etgan.

G‘arb banklari tomonidan O‘zbekiston uchun ajratilgan kreditlar 2012 yilda 1 mlrd. AQSh dollaridan 2020 yilda 6  mlrd. AQSh dollariga oshgan. Uzoq muddatli istiqbolda mazkur ko‘rsatkichlarning yanada o‘sishi kutilmoqda.

Bu, o‘z navbatida, O‘zbek banklarining cheklangan depozit bazasi natijasida yuzaga kelgan moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 140
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 119
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 84
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 199
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar