“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:54
ЎЗO‘Z

Budjet pulini noqonuniy sarflagan tashkilotlar reytingi taqdim etildi

03 мая, 11:51 3 363 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Budjet pulini noqonuniy sarflagan tashkilotlar reytingi taqdim etildi
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti 2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan hisobotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra nazorat 211,2 mlrd.so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 192,3 mlrd.so‘mi budjetga tiklanishi ta’minlandi.

Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:
Xalq ta’limi vazirligi tizimida 248 ta nazorat tadbirlarining 198 tasida 43,3 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakga (9,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 4,6 martaga oshgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 275 ta nazorat tadbirlarining 212 tasida 23,3 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakga (7,9 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,9 martaga oshgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligida 289 ta nazorat tadbirlarining 242 tasida 41,2 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-chorakga (5,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 7,6 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 116 ta nazorat tadbirlarining 111 tasida 22,4 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020 yil 1-chorakda 135,4 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan 42 ta nazorat tadbirlarining 36 tasida 16,1 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020 yil 1-chorakda 767 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi (3,3 mlrd.so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (3 mlrd.so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (2,7 mlrd.so‘m), Suv xo‘jaligi (2,5 mlrd.so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (2,2 mlrd.so‘m) vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (2,7 mlrd.so‘m) va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,4 mlrd.so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (2,9 mlrd.so‘m), hokimiyatlar huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari (34,2 mlrd.so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 123
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar