“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:56
ЎЗO‘Z

1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin

23 apr, 12:12 2 439 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin
Joriy yil 21 aprel kuni prezidentning «Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tadbirkorlik sub’ektlarini uzliksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida, soliq majburiyatlarini bajarishda imtiyozlar taqdim etilmoqda.

2021 yil 1 iyundan soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berish nazarda tutilmoqda. Ushbu imtiyoz uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda soliqlarni muddatida to‘lab kelgan xo‘jalik sub’ektlariga tatbiq etiladi.

Tahlillarga ko‘ra, soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning 201,3 mingdan ortig‘i (67,7 foizi) uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Ular bilan o‘tkazilgan muloqotlar natijasida 43,5 mingtasining muammolari segmentlab olindi. Shundan 13 mingtasi bevosita budjet bilan munosabatlarini optimallashtirishni so‘ragan, deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.

Bildirilishicha, o‘tgan yili pandemiya oqibatlarini yumshatish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga 7,7 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari va yengilliklar berildi. 224 mingta sub’ektning 1,3 trln so‘mlik soliq qarzini majburiy undirish choralari to‘xtatib turildi. Bunga javoban tadbirkorlik sub’ektlari soliqlarining 95 foizini ixtiyoriy ravishda o‘z muddatida to‘lagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 207
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar