“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:31
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston ichki iste’molni qondirish uchun tabiiy gaz import qiladi

19 yanv, 15:13 3 013 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston ichki iste’molni qondirish uchun tabiiy gaz import qiladi Bugun AOKAda «O‘ztransgaz» AJ matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova ishtirokida brifing o‘tkazildi. «O‘ztransgaz» AJ tabiiy gazni eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi tashkilotlardan olib, magistral gaz quvuriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan iste’molchilarga yetkazib beruvchi operator sanaladi.

Matbuot kotibi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yilda respublika iste’molchilariga qariyb 40 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Kuz-qish mavsumi sovuq kelgani bois hukumat topshirig‘i bilan eksport hajmi kamaytirilib, ichki iste’molga yo‘naltirildi.

Joriy yil so‘ngiga qadar ulgurji iste’molchilarning ma’lum bir qismi tabiiy gazni birjalar orqali sotib olishni boshlaydi va bu jarayon bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Ortib borayotgan ichki iste’mol talabini qondirish maqsadida tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yiladi.

Magistral gaz quvurlarida gaz hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan onlayn tizimi (ASKUG) joriy etilgani natijasida gaz qazib oluvchi tashkilotdan olinayotgan hamda iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilayotgan gazning hisobini onlayn yuritish imkoni yaratildi.

Prezident Sh.Mirziyoyevning Parlamentga yo‘llagan murojaatida tabiiy gaz ta’minotidagi monopoliya bekor qilinib, bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishi ta’kidlandi. Bunda ishlab chiqaruvchi va importyorlar birja orqali tabiiy gazni sotish, ulgurji iste’molchilar esa gazni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. «O‘ztransgaz» AJ esa faqat gazni transportirovka qiladi. Hozirda ayni jarayonning normativ-huquqiy asoslari ishlab chiqilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar