“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:37
ЎЗO‘Z

2021 yilda soliq solish sohasidagi asosiy o‘zgarishlar

19 yanv, 11:00 3 012 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2021 yilda soliq solish sohasidagi asosiy o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat buyudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-659-sonli Qonuni 2021 yilgi soliq siyosatini takomillashtirishga qaratilgan.

Shuningdek mazkur qonun mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, soliq ma’murchiligi samaradorligini yanada oshirish va budjetga soliqlarning to‘liq tushishini ta’minlashdan iborat.

Ushbu Qonun bilan Soliq kodeksi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash maqsadida, qat’iy belgilangan miqdorda o‘rnatilgan aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Xususan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinadi.

Bunda meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva-sabzavot mahsulotlari egallangan yerlar bo‘yicha, shuningdek, dehqon xo‘jaliklari uchun soliqni sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘ining bazaviy stavkasi va yer uchastkasining sifat xarakteristikasini hisobga oladigan tuzatish koeffitsiyentlaridan kelib chiqib hisoblash tartibi bekor qilinmoqda.

Ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangani kabi soliq stavkasini belgilash bilan soliqni qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqib to‘lashga o‘tkazilmoqda.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq organlari yer uchastkasining joylashgan joyi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organlar ma’lumotiga asosan soliq solinmaydigan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni chegirgan holda yer solig‘i hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurish va yashash uylarini obodonlashtirish uchun berilgan tomorqa yer uchastkalariga, yakka tartibda uy-joy qurish bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladi.

Shuningdek, soliq kodeksida yuridik va jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun hududlar kesimida bazaviy soliq stavkasi belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasining aniq miqdori Toshkent viloyati uchun 27.6 millon so‘m etib belgilandi.

«Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:

Toshkent viloyati tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31 dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 181
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 70
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 143
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 52
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar