“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:40
ЎЗO‘Z

Soliq tekshiruvlari tizimi o‘zgaradi: soliq to‘lovchilar «yashil», «sariq», «qizil» yo‘laklarga ajratilgan

12 yanv, 17:33 2 630 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq tekshiruvlari tizimi o‘zgaradi: soliq to‘lovchilar «yashil», «sariq», «qizil» yo‘laklarga ajratilgan Hukumat qaroriga asosan, yangi tartibdagi soliq tekshiruvlari tizimi joriy qilindi. Unda soliq to‘lovchilar «yashil» (xavfi past), «sariq» (xavfi o‘rta), «qizil» ( xavfi yuqori) yo‘laklarga ajratilib soliq tekshiruvlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. «Yashil» yo‘lakka kiruvchi soliq to‘lovchilarga nisbatan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev 11 yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida soliq tekshiruvlarining yangi tartibi joriy qilinishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Raisning birinchi o‘rinbosariga ko‘ra, soliq tekshiruvlarining yangi tartibi soliq to‘lovchilarni segmentlarga ajratishni ko‘zda tutadi.
«Doimiy ravishda soliqlarni to‘lab borgan soliq to‘lovchilar «yashil», yo‘lakka kiradi va «xavfi past» deya baholanadi. Ularga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. «Xavfi o‘rta» soliq to‘lovchilar «sariq» yo‘lakka kiritiladi, ularga nisbatan kameral nazorat o‘rnatiladi», – deydi Mubin Mirzayev.

Kameral nazorat – soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazorat.

DSQ vakilining aytishicha, soliq to‘lashdan qochgan soliq to‘lovchilar «xavfi yuqori» deb baholanadi va «qizil» yo‘lakka kiritiladi, ularga nisbatan soliq auditi o‘tkaziladi.

«Oldingi soliq tekshiruvi bilan yangi tizimning farqi shundaki, ilgari soliq organlari nima bo‘lsa ham soliq to‘lovchidan kamchilik topgan. Shu paytgacha soliq to‘lovchilar soliq organlari bizni jazolaydi, yoki nimadir chora ko‘radi deb xavotirda bo‘lgan. Yangi tizimda soliq organlari qaysi soliq to‘lovchi soliqlarni to‘lamagan, qancha summa to‘lamaganligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilgandan keyingina soliq tekshiruvini amalga oshiradi. Soliq to‘lovchida soliqdan qochish holatlari kuzatilmasa, barcha hisobotlar o‘z o‘rnida bo‘lsa, unga nisbatan soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi», – dedi vazir o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, 2019 yil dekabrda yangi tahrirdagi soliq kodeksi qabul qilingan edi. Unda soliq nazorati shakllari 13tadan 2taga qisqartirilib, tekshirishlarni tayinlash tartibiga o‘zgartirish kiritilgan edi: tekshirishlar inson omilisiz faqat «Tahlika-tahlil» dasturi asosida 3 ta segmentga bo‘lish asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan edi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident tashabbusi bilan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati tekshiruvlariga e’lon qilingan moratoriy 2021 yilda ham amal qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 60
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 38
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar