“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:38
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonga 2021 yilda 7,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirmoqda

29 dek, 13:15 2 254 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonga 2021 yilda 7,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirmoqda O‘zbekistonda yil yakuni bo‘yicha jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi avvalgi yildagiga nisbatan oshib, 6,6 milliard dollarga yetishi va eksport ko‘rsatkichi 15,1 milliard dollar miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Spot’ning yozishicha, bu ma’lumotlar Investitsiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

Dunyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdorining 40 foizga pasayishi va 2020 yilda jahon savdosi hajmining 25 foizga kamayganiga qaramay, mamlakatda yirik investitsiya loyihalar ishga tushirilgan.

«Kelgusi yilda 7,5 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini 17 milliard dollarga yetkazish rejalashtirmoqda. Bunda ustuvor soha eng yuqori iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan iqtisodiyot sohasi bo‘ladi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Buning uchun milliy eksportchilar bilan ishlashda quyidagi yo‘nalish kuchaytiriladi:
- eksportdan oldin moliyalashtirish;
- mahalliy tovarlarni xalqaro elektron tijorat saytlarida joylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
- o‘zbek brendlarini jahon bozorlariga olib chiqish.

Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar–iyun oylarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 milliard dollarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 3,2 milliard dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 1,6 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 83
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 201
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar