“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:28
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi»

13 dek, 19:00 2 725 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi» Urganch shahrida Xorazm viloyati faollari va tarmoqlar mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish avvalida xorazmlik dehqon va fermerlarni, butun mehnatkash xalqimizni bugungi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan yana bir bor tabrikladi.

- Xorazmga bu yil ikkinchi marta kelyapmiz. Maqsad - sizlarning ko‘zlaringizga qarab, viloyatdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, yana nima imkoniyatlar bor, qanday tartib, qanday ko‘mak kerak, nima natija bo‘ladi, degan savollarni qo‘yib muloqot qilish. Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi. Muammoni bilsak, qaror to‘g‘ri, adolatli bo‘ladi, - dedi Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari «mahalla raisi - islohotchi» tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

- Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi. Har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar bo‘yicha tizimli ishlashi kerak. Chetdan kelib birov qilib bermaydi. Mana, kecha Xorazmdagi shahar va tuman hokimlari bilan gaplashdim. Qancha mablag‘ so‘rasa, berdim. Pulimiz ko‘pligi uchun emas, masala qo‘ya olgani uchun. Odamlar ham befarq bo‘lmasligi kerak. Mahalliy kengashlar, mahallalar talab qilishi lozim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kam ta’minlanganlarni kambag‘allikdan chiqarish, mahallalardagi ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 122
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar