“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:22
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda AI-80 markali benzinning narxi oshdi

30 noya, 22:32 5 590 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda AI-80 markali benzinning narxi oshdi O‘tgan hafta davomida, ya’ni 23 – 29 noyabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 1 190,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,6% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 87,4% - birja savdolari, 2,6% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 9,5% - elektron davlat xaridlari va 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 432,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 22,7 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Sement
Qurilish mavsumi yakunlanganligiga qaramasdan sement bozori narxlarni biroz o‘sishni namoyon etishni davom ettirmoqda. Hafta davomida birja savdolariga 152 456,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 141 923,0 tonnasi, ya’ni 93,1% sotildi.

Shu bilan birga, birja savdolariga qo‘yilayotgan sement hajmini pasayganligi sababli, uning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari ham avvalgi haftaga nisbatan deyarli 1,5 marotaba pasayib, 28,4 ming tonnani tashkil qildi.

Natijada, ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 512,0 ming so‘mdan 539,1 ming so‘mgacha, ya’ni 5,3% ga ko‘tarilgan.

Benzin
O‘tgan haftada birja savdolariga 24 338,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 20 273,3 tonnasi, ya’ni 83,3% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 52 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha boshlang‘ich narxlari bir tonnasi uchun 5 294,0 ming so‘mdan 5 490,3 ming so‘mgacha yoki 3,7 % ga o‘sdi. Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham bir tonna uchun 5 325,1 ming so‘mdan 5 557,1 ming so‘mgacha yoki 4,4% ga ko‘tarildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 476,8 ming so‘mni, AI-91 – 6 203,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar