“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:05
ЎЗO‘Z

2020 yilda budjet prognozini bajarish uchun tadbirkorlardan 823 mlrd so‘m ortiqcha soliq undirilgan

09 noya, 07:00 2 144 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2020 yilda budjet prognozini bajarish uchun tadbirkorlardan 823 mlrd so‘m ortiqcha soliq undirilgan O‘zbekistonda budjet prognozini bajarish uchun soliq inspeksiyalari tomonidan birgina 2020 yilning o‘zida 18 mingga yaqin tadbirkordan 823 milliard so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan. Bu haqda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida tashkil etilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Ortiqcha to‘lovlarga asosan Toshkent shahri, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Namangan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida yo‘l qo‘yilgan.

2019 yil 30 dekabrdagi Prezident qarorida ortiqcha undirilgan soliq summasi qayta moliyalashtirish stavkasi barobarida foiz to‘lagan holda qaytarilishi belgilangan bo‘lsa-da, 3 456 ta tadbirkorlik sub’ektiga 2,2 milliard so‘mlik penyalar to‘lab berilmagan. Pandemiya munosabati bilan berilgan imtiyozlar ham to‘liq qo‘llanilmasdan, hozirgacha 2 747 ta sub’ektga qo‘yilgan 5,5 milliard so‘mlik inkasso topshiriqnomalari chaqirib olinmagan. Bu asosan Farg‘ona, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 30 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining ‘2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida’gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan. Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan o‘rnatiladigan tartib bo‘yicha ortiqcha undirilgan soliq summalarni Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan stavkada foizlar to‘lagan holda qaytarishi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi:




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar