“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 18:09
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonni uzoq istiqbolda rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qildi

19 okt, 21:53 2 480 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonni uzoq istiqbolda rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 oktabr kuni maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida O‘zbekistonda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muhokamada O‘zbekistonning yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash va yangilanishlarni samarali davom ettirishni ta’minlashga e’tibor qaratilgan.

«Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatdoshligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va boshqaruv kadrlari sifatini tubdan oshirish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi», – deyiladi press-relizda.

Muhokamada bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, 8 yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti sifatida ishlab kelgan britaniyalik Suma Chakrabarti shu yil yozida iste’foga chiqqan edi. Sentabr oyida u O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Chakrabarti sentabr oyida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha shtatdan tashqari maslahatchisi etib tayinlangan. U 18 oktabr kuni To‘qayev bilan Qozog‘iston Islohotlar oliy kengashining ilk yig‘ilishi kun tartibini muhokama qilgan. Chakrabarti ushbu kengash raisining o‘rinbosari sanaladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 136
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 51
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 105
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 81
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 179
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 33
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 46
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 83
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 90
  • Bo‘limlar