“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:01
ЎЗO‘Z

Fasslabend: «O‘zbekiston prezidentining tashabbuslari nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo, balki butun dunyo rivoji uchun muhim hissadir»

24 sen, 13:38 1 979 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fasslabend: «O‘zbekiston prezidentining tashabbuslari nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo, balki butun dunyo rivoji uchun muhim hissadir» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida so‘zlagan nutqi ko‘plab xorijiy ekspertlarning diqqatini tortdi.

Avstriyaning Yevropa siyosati va xavfsizlik siyosati instituti (AIES) prezidenti Verner Fasslabend fikricha, O‘zbekiston prezidentining tashabbuslari va bayonotlari pandemiya davrida alohida ahamiyat kasb etgan eng dolzarb masalalar va muammolarni ochib berdi, ularning yechimlariga faqat jahon hamjamiyatining umumiy sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali erishish mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston prezidentining tashabbuslari nafaqat O‘zbekistonning yoki Markaziy Osiyo mintaqasining, balki butun dunyo rivoji uchun juda muhim hissadir. Pandemiya inqirozi davrida davlatlarning dunyo aholisi oldidagi universal ixtiyoriy majburiyatlari majmuini ishlab chiqishni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston prezidentining bayonoti dunyo madaniy va ekologik merosini asrab-avaylash, Markaziy Osiyoda hamkorlikni kuchaytirish masalalariga butun dunyo e’tiborini tortdi”, - dedi u.

Ozarboyjonning “Region +” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Elchin Guseynovning so‘zlariga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi yana bir bor O‘zbekiston va Ozarboyjonning dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalardagi qarashlari mushtarakligini, muammolarni birgalikda hal qilishga intilishini namoyish etdi.

BMT huzurida transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy markazni tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston prezidentining tashabbusi Ozarboyjonning Yevrosiyoda transport va logistika markazlarini rivojlantirish, mintaqaning o‘nlab mamlakatlarini bir-biriga bog‘laydigan Sharq-G‘arb, Shimol-Janub, Shimol-G‘arb transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha faoliyatiga hamohangdir”, - dedi u.

“Yangi Ipak yo‘li forumi” tashkiloti (Germaniya) boshqaruvi raisi Fridxelm Akshtaynerning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu tashabbus nafaqat qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab, balki umuman Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shubhasiz, bugungi kunda bir joydan ikkinchi joyga sayohat qilish yoki tovarlarni tashish uchun vaqt omili muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun tegishli yo‘llar va yo‘laklar kerak. Shu sababli, ushbu yo‘nalishdagi ishlar muvofiqlashtirilishi va xavfsizlikni kafolatlashi kerak.

Shu nuqtayi nazardan, ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekistonning ushbu tashabbusini hayotga tatbiq etish infratuzilma loyihalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning ahamiyatini yanada kuchaytiradi
”, - dedi u.

Gretsiyaning Diplomatiya va global muammolar instituti direktori Andreas Andrianopulosga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari tomonidan taklif qilingan global miqyosdagi muhim tashabbuslar ko‘plab ijobiy fikrlarga sabab bo‘ldi.

Ushbu tashabbuslar jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan ba’zi muhim global muammolarni hal qilishga imkon beradi. Ular muammolarni tavsiflash va hal qilish bo‘yicha takliflarni shakllantirishni birlashtirgan holda muammolarni har tomonlama hal etishga mo‘ljallangan.

Koronavirus pandemiyasi muammosidan boshlab, O‘zbekiston rahbari bunday vaziyatlarda o‘z fuqarolariga va sheriklariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlatlarning ixtiyoriy majburiyat kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi. Ushbu taklif juda dolzarbdir, ayniqsa, davlatlar virus tarqalish ko‘lamini va pandemiyaning asl mohiyatini yashirayotganini hisobga olsak.

O‘zbekiston rahbari 2020 yilgi inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumining yoshlar va bolalar huquqlariga oid tavsiyalarini ilgari surmoqda. Yosh avlodning farovonligi va huquqlari to‘g‘risida qayg‘urmasdan mamlakatlarning muvaffaqiyatli kelajagini ta’minlash mumkin emas, buni O‘zbekiston rahbari alohida ta’kidladi
”, - dedi ekspert.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 55
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 38
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar