“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:18
ЎЗO‘Z

Sanjar Valiyev: iqlim o‘zgarishi 30 yil ichida jahon iqtisodiyotiga 8 trln dollarga tushadi

24 sen, 07:37 2 077 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sanjar Valiyev: iqlim o‘zgarishi 30 yil ichida jahon iqtisodiyotiga 8 trln dollarga tushadi Foto: AOKA
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida «Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni»ni ta’sis etishni taklif qildi. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanjar Valiyev O‘zbekiston rahbarining ushbu taklifi borasida fikr bildirdi.

Ushbu tashabbusning kiritilishi O‘zbekistonning mamlakat va mintaqaviy darajadagi ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan so‘nggi yillardagi sa’y-harakatlari natijasi hisoblanadi. Orolbo‘yi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p tomonlama trast fondi va BMT shafeligida "Orolbo‘yi mintaqasi - ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi" yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasini tashkil etib, biz xalqaro hamjamiyat yordamida eng murakkab ekologik muammolarni hal qilish qanchalik o‘zgarishi mumkinligiga ishonch hosil qildik. O‘zbekiston rahbari xalqaro strategiya yaxlitligi doirasida uzoq muddatli va izchil harakatlar zarurligini hisobga olgan holda dunyo rahbarlariga «Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni»ni ta’sis etishni taklif qildi.

Ushbu yangi tashabbus xalqaro tashkilotlar, davlatlar va jamoat guruhlarining juda katta salohiyatini birgalikda echim topish hamda yosh avlodni tarbiyalashga safarbar qilishga chaqiradi.. Pandemiya oqibatlari kelajakda yanada zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa global muammolarni hal qilishni kun tartibidan olib tashlamasligi kerak,.

Xalqaro kunlar har doim jahon jamoatchiligi e’tiborini umumiy masala va muammolarga jalb etish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Hozirgi kunda BMTning Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni - 5 iyun, BMTning Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni - 17 iyun, Xalqaro ozon qatlamini saqlash kuni - 16 sentabr, BMT Yer kuni - 22 aprel va boshqalar kabi 20dan ortiq xalqaro kunlari atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan.

Atrof-muhit muammolariga e’tibor qaratarkan, BMT Bosh Assambleyasi 2021-2030 yillarni "Ekotizimlarni tiklash o‘n yilligi" deb e’lon qildi. Ushbu o‘n yillik davomida butun dunyo mamlakatlari birgalikda iqlim inqiroziga qarshi kurash, oziq-ovqat xavfsizligi va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida izdan chiqqan va vayron bo‘lgan ekotizimlarni tiklash hajmini ko‘paytirish niyatida.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo tabiiy resurslar o‘zlashtirilishi, qishloq xo‘jaligi, sanoat va energetikaning rivojlanishi tufayli turli xil ekologik muammolarga duch kelmoqda. Kuchli degradatsiya, yer resurslarining sho‘rlanishi va botqoqlanishi, Markaziy Osiyoning asosiy daryolari - Amudaryo va Sirdaryoni oziqlantiruvchi mintaqa tog‘laridagi muzliklarning kamayishi kuzatilmoqda.

Hayotiy muhim ekotizimlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan cho‘llanish jarayonlari jiddiy xavf tug‘diradi. Bioxilma-xillik mintaqamizning tabiiy boyliklarini kamaytirgan holda tezlik bilan qisqarmoqda.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo dunyodagi iqlim o‘zgarishlariga eng zaif mintaqalardan biri hisoblanadi. Olimlar iqlim isishi tendensiyalari yanada kuchayishi, suv resurslarining kamayishi va tabiiy ofatlarning ko‘payishini taxmin qilishmoqda.

Yaqin 30 yil davomida global miqyosda iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari jahon iqtisodiyotiga 8 trillion dollarga tushadi. Iqlim o‘zgarishi ta’siri tufayli 2050 yilga kelib jahon YAIMning o‘sishi 3 foizga pasayadi.

Shu bois O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif qilingan Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kunini ta’sis etish dunyo mintaqalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini ishlab chiqishga yetarlicha darajada kuchli turtki berishi shubhasiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 56
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 126
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 42
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar