“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston AQSHga 10 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qila boshlaydi

15 sen, 22:00 3 727 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston AQSHga 10 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qila boshlaydi O‘zbekistonda yetishtirilgan bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini AQSH bozorida sotish uchun ruxsatnoma olindi. Bu haqda «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda, avvalo, ularning fitosanitar holati ijobiy bo‘lishi zamon talabi hisoblanadi. Sababi, xorijda sifatli, xavfsiz mahsulotga xaridor har doim topiladi. Buning uchun esa avvalo meva-sabzavotlar zararli organizmlardan xoli bo‘lishi darkor», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zdavkarantin» ispeksiyasi tomonidan yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi bozorlarni ochishda amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, AQSH bozoriga kirish uchun mamlakatimizda yetishtirilgan bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha fitosanitar ruxsatnoma olindi.

«Amerikalik mutaxassislar tomonidan mamlakatimizning fitosanitar holati o‘rganilishi natijasida 10 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti AQSHga eksport qilinishi rasman tasdiqlandi. Bular – loviya, mosh, no‘xot, yeryong‘oq, bodom, grek yong‘og‘i, quritilgan uzum, o‘rik, olxo‘ri va anjir. Tadbirkorlar endilikda yuqorida sanalgan mahsulotlarni AQSH ga eksport qilishlari mumkin», – deb ma’lum qildi «O‘zdavkarantin» matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlar mahsulotlarni fitosanitar toza holatda, karantin ob’ektlarisiz, ya’ni O‘zbekiston imidjiga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan xoli tarzda yuborishlari maqsadga muvofiq. Fitosanitar holatni o‘rganish uchun inspeksiyaning istalgan hududiy boshqarmalariga, O‘simliklar karantini chegara maskanlarida o‘rnatilgan ishonch raqamlariga murojaat qilish mumkin.

«Shuningdek, yaqin vaqt mobaynida AQSH tomonidan qovun eksportiga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu bo‘yicha qovunning fitosanitar xavfi analizi yakunlanish arafasida turibdi. Shu bilan birga, AQSH tomoni boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha qiziqish bildirib, ularning Amerika bozoridagi raqobatbardoshligi o‘rganilmoqda», – deya ma’lum qildi inspeksiya vakillari.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida O‘zbekiston meva-sabzavotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar