“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 06:31
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda ilk marotaba xabardor qilish tizimi joriy etilmoqda

26 avg, 00:23 2 731 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda ilk marotaba xabardor qilish tizimi joriy etilmoqda AOKAda “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni mazmuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Atham Turdiyev ushbu masalaga to‘xtalib o‘tdi.

Farmonga asosan, 2021 yildan O‘zbekiston tarixida ilk marotaba xabardor qilish tizimi joriy etilmoqda. Bunda fuqarolar faoliyati belgilangan tartibga muvofiqligini o‘z majburiyatlariga oladilar. Ya’ni tadbirkor belgilangan tartiblarga rioya qilishi haqida vakolatli organlarga bir marotaba xabar qiladi. Keyin faoliyati bilan bemalol shug‘ullansa bo‘ladi.

17ta litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishlari, 14 turdagi ruxsatnomalar ushbu tizimga o‘tkaziladi. Misol uchun, maktabdan tashqari ta’lim, lombard, veterinariya davolash, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish kabi faoliyatlar vakolatli organni xabardor etgan holda tadbirkorlar ushbu faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Ular alohida litsenziya olishi shart emas
”, - dedi Atham Turdiyev.

Shuningdek, hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish borasida bajarilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan litsenziya va ruxsat berish tartibiga oid hujjatlar to‘liq elektronlashtiriladi. Bu borada Adliya vazirligi tizimli ishlarni boshlab yuborgan. Hozirda dasturiy ta’minot ustida ish olib boryapmiz. Bu yagona platforma bo‘ladi. Barcha litsenziya va ruxsat berishga oid munosabatlar to‘liq elektronlashtiriladi.

Bevosita QR kod amal qiladi, guvohnomaga ham hojat qolmaydi. Platforma ishga tushishi bilan tadbirkorlar hech bir tashkilotga bormasdan internet orqali litsenziya olish yoki elektron tarzda litsenziyasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ruxsat berishga oid hujjatlarini ham elektron tarzda olishi mumkin bo‘ladi. Viloyatdagi tadbirkorlar ham Toshkentga kelib ovora bo‘lmaydi. Uydan turib elektron ro‘yxatdan o‘tadi. Inson omilini kamaytirish hisobiga korrupsiya ham bartaraf etiladi
”, - deya ta’kidladi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Atham Turdiyev.

Farmonga asosan, litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari qisqartiriladi. Xususan, 70 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat turlari hamda 35 turdagi ruxsatnomalar bekor qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 142
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 68
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 136
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 50
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 58
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 108
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 112
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 142
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 67
  • Bo‘limlar