“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:56
ЎЗO‘Z

Popdagi echkichilik klasteri belaruslik hamkorlar bilan shartnoma imzoladi

22 avg, 18:04 3 292 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Popdagi echkichilik klasteri belaruslik hamkorlar bilan shartnoma imzoladi Ma’lumotlarga qaraganda, ichki bozorda bir kilogrammi 150 ming so‘mga boradigan echki yungidan 10 donadan paypoq va sharf, 3 tagacha ro‘mol to‘qish mumkin. Bu, anchagina pul, degani. Pop tumanida mazkur serdaromad sohaga e’tibor qaratilib, angor echkilari va hisori qo‘ylarni ko‘paytirishga ixtisoslashtirilgan klaster faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda 140 ming AQSH dollari qiymatidagi xorijiy texnologiya o‘rnatilib, yungdan turli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Klasterda echkilar parvarishiga aholi xonadonlarini jalb etish tajribasi qo‘llanilmoqda. Har bir xonadonga bank krediti asosida 10 — 15 boshdan naslli echkilar tarqatiladi. Ulardan echki yungidan tashqari jonivorning shifobaxsh suti ham qabul qilib olinadi vamikroeelementlarga boy qaymoq, pishloq hamda tvorog tayyorlanadi. Hozirga kelib bu ish bilan shug‘ullanayotgan oilalar budjetiga har oyda 2-3 million so‘mdan daromad kirib borayotir.

Echki yungidan to‘qiladigan kiyim-kechaklarning tashqi bozorda ham xaridori chaqqon. «Chorkesar echkichilik klasteri» shundan kelib chiqib, Belarus davlatidagi hamkorlar bilan 120 ming AQSH dollariga teng shartnoma imzoladi.

Viloyatning boshqa tumanlarida ham ushbu sohadagi loyihalar davom ettiriladi. Xususan, Chust va Kosonsoyga yaqin vaqt ichida 20 ming bosh naslli echki keltiriladi. Keyingi ikki-uch yil orasida ular sonini 80 ming boshga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 135
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar