“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:40
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moliga cheklovlar joriy etilmoqda

24 iyul, 21:49 5 568 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moliga cheklovlar joriy etilmoqda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati energiya tizimidagi yirik avariyalarning oldini olish maqsadida respublika iste’molchilariga cheklovlar kiritilayotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha kiritilayotgan cheklov miqdori 1,5–2,0 mln. kVt•soatni tashkil etmoqda.

«Elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshayotgan so‘nggi kunlarda, ya’ni joriy yil 21 iyul kunidan boshlab energotizimda ishlab chiqarilayotgan va iste’mol etilayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik kuzatilmoqda. Natijada energotizimdagi yirik avariyaviy holatlarning oldini olish va uning barqaror ishlashini ta’minlash (energotizim parametr ko‘rsatkichlarini me’yor darajasida saqlash) maqsadida respublika iste’molchilariga cheklovlar kiritilmoqda.

Respublika bo‘yicha kiritilayotgan cheklov miqdori taxminan 1,5–2,0 mln.kVt•soat ni tashkil etmoqda. Bu kunlik o‘rtacha iste’mol – 195,6 mln. kVt•soatning 0,8–1,0 foizini tashkil etadi
», deyiladi «O‘zbekiston MET» AJ axborot xizmati xabarida.

«O‘zbekiston MET» AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek O‘runovning aytishicha, respublika bo‘yicha vaqtinchalik elektr ta’minotidagi uzilishlariga qo‘shni Tojikiston energotizimidan qabul qilinayotgan elektr energiyasi importi hajmining keskin qisqarishi ham sabab bo‘lmoqda.

«Tojikistonda suv tanqisligi oqibatida joriy yil 16 iyul kuni soat 02:33da kuchlanishi 500 kV bo‘lgan «Regar» va «Surxon» podstansiyalarini bog‘lovchi L-508 havo elektr uzatish tarmog‘i orqali import amaliyoti to‘xtatilgan va import miqdori sutkalik o‘rtacha 12,0 mln.kVt•soatdan 0,3 mln kVt•soatgacha kamaygan.

Shartnomaga asosan elektr energiyasi importi shartnomasi sentabr oyigacha bo‘lganligi sababli issiqlik stansiyalariga iyul oyiga elektr energiyasi importini qoplash uchun yoqilg‘i ko‘zda tutilmagan va elektr stansiyalar uskunalari ta’mirga chiqarilgan.

Shunga qaramasdan, joriy rejimlarda elektr stansiyalarga shartnomada ko‘zda tutilgan miqdordan 10–12 foiz ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda, aniqrog‘i issiqlik elektr stansiyalarida rejaga nisbatan 8 mln. kVt•soat va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25–30 mln. kVt•soat ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Tojikiston energotizimidan import miqdorining keskin kamaytirilishi «Norak» suv omboriga suv kelishining prognoz ko‘rsatkichlardan kamligi va suv sathining pastligi sababli Tojikistonning «Barki Tochik» kompaniyasi tashabbusi bilan amalga oshirildi
», deydi Ulug‘bek O‘runov.

Qayd etilishicha, respublikamizda joriy yilda kuzatilayotgan suv tanqisligi sababli O‘zbekiston gidroelektrostansiyalarida shartnomaviy miqdorga nisbatan kunlik 6-7 mln. kVt•soat, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10–12 mln. kVt•soat kam elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu ham, o‘z navbatida, elektr energiyasi tanqisligini yuzaga keltirmoqda.

Ulug‘bek O‘runov mavjud holatni barqarorlashtirish maqsadida «Turmenenergo» kompaniyasi bilan elektr energiyasi importi bo‘yicha shartnoma imzolangani, 2020 yilnig 28 iyuldan elektr energiyasi import qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 26
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar