“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 00:52
ЎЗO‘Z

1 avgustdan yana qator soliq imtiyozlari bekor qilinadi

23 iyul, 09:35 3 098 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 avgustdan yana qator soliq imtiyozlari bekor qilinadi Prezidentning 2020 yil 8 iyuldagi PF-6021-son Farmoni bilan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.

Norma’ning yozishicha, 2020 yil 1 avgustdan boshlab:
birinchidan, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (Texnopark) rezidentlari dividendlarni chet el valyutasida to‘lash huquqidan mahrum etiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur preferensiya 2019 yil dekabrda tugatilgan Mirzo Ulugbek Innovation Center rezidentlariga taqdim etilgan, keyinroq Texnopark rezidentlariga nisbatan tatbiq etilgan edi (10.01.2019 yildagi 17-son VMQ 5-bandi);

ikkinchidan, chetdan jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga chet el valyutasida haq to‘laydigan tashkilotlar mablag‘larni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazishlari kerak. Eslatib o‘tamiz, Prezidentning turli qarorlari bilan quyidagilarga ana shunday huquq berilgan:

kompaniyalar – «LG CNS Uzbekistan» QK, «O‘zbekgidroenergo» AJ, «PAXTAKOR» futbol klubi» MCHJ va «O`zbekiston tarixi» telekanaliga;

ilmiy-ma’rifiy tashkilotlar – mamlakat oliy ta’lim muassasalari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha soha markazlari, O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkiga;

davlat muassasalari – Axborot kommunikatsiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Intellektual mulk agentligi, O‘zstandart va «Raqamli ishonch» jamg‘armasiga.

Bunda ular chetdan jalb etadigan xorijliklar o‘z xohishlariga ko‘ra so‘mda haq to‘lanishiga rozilik bildirishlari mumkin;

uchinchidan, mijozlarning talabnomalari bo‘yicha banklar tomonidan sotib olingan va 15 ish kuni mobaynida foydalanilmagan xorijiy valyutani so‘zsiz qayta sotish haqidagi talab bekor qilinadi (27.06.1995 yildagi PF-1193-son Farmon 8-bandi);

to‘rtinchidan, quyidagi soliq imtiyozlari bekor qilinadi:
a) 28.07.2009 yildagi PQ-1166-son qarorda nazarda tutilgan quyidagi muddatga ozod qilish shaklidagi:

5 yil muddatga – yuridik shaxslar tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari bo‘yicha soliqqa tortishdan;

3 yil muddatga – lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘i va lizing operatsiyalaridan tushadigan daromadlar bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan;

b) 6.04.2010 yildagi PQ-1317-son qarorda nazarda tutilgan, tijorat banklari tomonidan, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarga, yangi investorlarga sotilgunga qadar, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilgan huquqlar – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash;

beshinchidan, 3.11.2017 yildagi PQ-3351-son va 30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qarorlardan eksport va import operatsiyalari doirasidagi alohida muddatlar chiqarib tashlanmoqda. Shu tufayli yangi Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan yuzaga keladigan ehtimoliy ziddiyatlar bartaraf etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 36
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 121
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 71
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 41
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • Bo‘limlar