“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:11
ЎЗO‘Z

“Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” – xizmat ko‘rsatishning yangi pog‘onasi

18 iyul, 11:40 2 011 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” – xizmat ko‘rsatishning yangi pog‘onasi Joriy yil 8 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilinib, tegishli tashkilot va organlarga bir qancha topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan edi.

Videoselektorda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi natijasida biznes ixtiyorida 2019 yilda 12 trillion so‘m qoldi, 2020 yilda yana 11 trillion so‘m mablag‘ qolishi kutilmoqda. Shuningdek, soliq organlariga yangi vazifa sifatida ya’ni, “Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” tizimini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berildi.

Ma’lumki, 1 iyuldan boshlab ilk marotaba tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish mexanizmi amalga kiritildi. Ushbu yangilik orqali joriy yilning birgina uchinchi choragida tadbirkorlarga 700 milliard so‘mni aylanma mablag‘ sifatida o‘zida qoldirish imkoniyati yaratilmoqda.

Shu munosabat bilan, mutasaddilarga ushbu yangi tizim imkoniyatlarini barcha tadbirkorlar e’tiboriga yetkazish va ijrosini barcha hududlarda samarali tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Bu borada Buxoro viloyatida davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha nol stavkani qo‘llash natijasida vujudga kelgan QQS summasini qaytarish muddati 15 kundan 7 kunga qisqartirildi. Yangi tartib bo‘yicha, joriy yil II chorak davomida 27 ta korxonaning 23,3 milliard so‘mlik ortiqcha QQS summasi qaytarildi.

Bugungi kunda yana 23 ta korxonaning 5,4 milliard so‘mlik QQS summasini qaytarish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Viloyat davlat soliq xizmati xodimlari Buxoro shahridagi “Leut De Buxara” MCHJning 157 million so‘mlik, “Kamalak Shabnam teks” MCHJning 228 million so‘mlik, “Asr Shinning Golden” MCHJning 80,8 million so‘mlik QQS summasini qaytarish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordi. Shundan so‘ng, ushbu korxonalarga hosil bo‘lgan ortiqcha QQS summalari o‘z vaqtida qaytarildi.

“Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tuman DSIlaridan 7 904 ta QQS to‘lovchilarining ma’murchiligi viloyat davlat soliq boshqarmasiga o‘tkazildi. Natijada tizimning servisga yo‘naltirilganlik darajasi yangi pog‘onaga ko‘tarilyapti. Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yuqori darajada tashkil etilmoqda. Fuqarolar soliq majburiyatlarini ixtiyoriy va qulay tarzda bajarishi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.

Buxoro viloyat DSB Matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 208
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar