“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:59
ЎЗO‘Z

Adham Ikromov: «Yil oxiriga qadar faoliyat yuritmayotgan korxonalarning 70 foizi faoliyatini tiklash topshirig‘i berildi»

09 iyul, 07:00 2 483 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adham Ikromov: «Yil oxiriga qadar faoliyat yuritmayotgan korxonalarning 70 foizi faoliyatini tiklash topshirig‘i berildi» 2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan 23 mingta tadbirkorlik sub’ektining ish faoliyati to‘xtab qolgan yoki boshlanmagan. Prezident topshirig‘i bilan biz soliq idoralari bilan birgalikda har bir hudud, har bir sektor bo‘yicha ularga qanday imtiyozlar, qanday yordamlar kerakligini, qanday muammolari borligini aniqlaymiz, dedi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil oxiriga qadar bu korxonalarning 70 foizi faoliyatini tiklash topshirig‘i berilgan.

Yarim yildan buyon pandemiya davom etayotganiga qaramasdan, respublikamizda kichik va o‘rta biznesda yangi 46600ta korxona tashkil etildi. Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda bu korxonalarga biznes yuritishni o‘rgatish, kreditlar ajratish orqali yordam berish topshirig‘i berildi.

Bundan tashqari, sektorda ishlaydigan hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq idoralari xodimlari tadbirkorlarning muammolarini hal etishda Farg‘ona viloyati biznes ombudsmani, Ohangaron tumani savdo-sanoat palatasi tajribasini respublikada keng tatbiq etish masalasi qo‘yildi
”, dedi Adham Ikromov.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda xususan, tadbirkorga ko‘proq sharoit yaratib berish, jumladan, elektr, gaz, suv ta’minoti, yo‘l, kredit bilan bog‘liq masalalarni yechib berish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Faoliyat boshlayotgan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Bunda tadbirkorni maxsus kurslarda o‘qitish, sub’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish, asbob-uskuna sotib olish xarajatlarining bir qismiga grant ajratish nazarda tutiladi. Ushbu tizimning vertikal ijrosini ta’minlash uchun hozirda faqat respublika darajasida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ishini tumangacha tushirish lozimligi qayd etildi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar