“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:47
ЎЗO‘Z

Coca-Cola kompaniyasining daromadi 55 foizga kamayib ketdi

11 fev, 15:52 7 859 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Coca-Cola kompaniyasining daromadi 55 foizga kamayib ketdi Dunyoda spirtsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya sanaladigan, AQShning Coca-Cola Co kompaniyasining 2014 yilning to‘rtinchi choragidagi sof daromadi 2013 yilning shu davriga nisbatan 55 foizga kamayib ketgan, deb aytildi kompaniya chop etgan hisobotda.

Kompaniyaning 2014 yil to‘rtinchi choragidagi sof daromadi 771 mln dollarni yoki bitta aksiyaga 17 sentni tashkil qilgan. Kompaniya daromadi 2013 yilning ushbu davrida 1,708 mlrd dollarni yoki bitta aksiyaga 38 sentni tashkil qilgan edi. Umumiy tushum 2 foizga kamaygan hamda 10,872 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Coca-Cola’ning savdosi natural ko‘rinishda o‘tgan chorakda 1 foizga ko‘tarilgan. Shu jumladan, Evroosiyo va Afrika qit’alarida bu ko‘rsatkich 3 foizga, Lotin Amerikasida 2 foizga, Shimoliy Amerikada 1 foizga, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 1 foizga ko‘tarilgan. Evropada esa bu ko‘rsatkich 1 foizga kamaygan. Kompaniyaning 2014 yildagi sof daromadi 17 foizga kamayib, 7,098 mlrd dollarni tashkil qilgan. Umumiy tushum esa 2 foizga kamayib, 45,998 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Coca-Cola rahbariyati 2015 yil kompaniya uchun o‘tish davri bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi, chunki bu yilda kompaniya xarajatlarni kamaytirish ustida ish olib boradi hamda valyuta kurslarining o‘ynashiga qarshi turadi.

Hisobot chop etilgandan keyin, Coca-Cola’ning qimmatli qog‘ozlari 10 fevraldagi savdolar paytida 4 foizga ko‘tarilgan. Kompaniyaning o‘tgan yilgi kapitalizasiyasi miqdori 6,9 foizga oshgan.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 143
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 122
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 85
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar