“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 11:07
ЎЗO‘Z

1 iyuldan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi

17 iyun, 18:06 2 968 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 iyuldan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi Markaziy bankning eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalari, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan 1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik va 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar 1 iyuldan qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.

«Eski namunadagi ushbu pul belgilari 1 iyulga qadar barcha tijorat banklari bo‘linmalari, 1 iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinadi va muomaladagi pul belgilariga cheklanmagan miqdorda almashtirib beriladi», deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan, fuqarolarda eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlari mavjud bo‘lsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olish mumkinligi eslatib o‘tilgan.

Eslatib ztamiz, 2019 yil 1 iyulidan Markaziy bankining eski namunadagi 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalari hamda 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlari to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, muomaladan chiqarilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 155
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 124
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 169
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 0
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 0
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Bo‘limlar