“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:44
ЎЗO‘Z

Iqtisodiyotni tiklash: Aholiga bevosita beriladigan moliyaviy yordam masalasi hamon dolzarbmi?

16 iyun, 20:21 2 113 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqtisodiyotni tiklash: Aholiga bevosita beriladigan moliyaviy yordam masalasi hamon dolzarbmi? Foto: norma.uz
Koronavirus xavfi O‘zbekistonga bevosita tahdid sola boshlagan kundan beri 3 oy o‘tdi. Boshida sarosimaga tushgan xalqimiz asta-sekin bu balo haqida turli ma’lumotlarni hijjalab o‘qib chiqib, virusologiya va epidemiologiya sohasida qariyb mutaxassisga aylandi.
Fikrimcha, aynan xalqimizning ko‘p davlatlarga nisbatan intizomliligi, sabrliligi bu kasallikning vabo kabi tez tarqalmasligini ta’minladi. O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish va hukumat tomonidan o‘rnatilgan cheklovlarni so‘zsiz bajarishda xalqimiz ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ldi.

Lekin masalaning ikkinchi tomoni – o‘rnatilgan cheklovlar va joriy etilgan karantin tufayli ko‘pchilikning daromadi keskin kamaydi, ba’zilar esa umuman daromad manbayidan mahrum bo‘ldi. Albatta, aholining turli qatlamlariga hukumat tomonidan yordam ko‘rsatildi. Jumladan, o‘tgan vaqt davomida prezidentning 6ta farmoni va shu qatorda qarorlari hamda boshqa tegishli hukumat tizimlari qarorlari qabul qilindi.

Ularga asosan:

Lekin eng asosiy masala — aholiga bevosita hokimiyat tomonidan beriladigan moliyaviy yordam hanuz hal bo‘lmagan va turli vajlar bilan ortga surib kelinmoqda.

Hukumat ko‘ndalang turgan bunday savolga ijobiy javob bermay, bu masalani chetlab o‘ta oladimi?

Aytish kerakki, bugungi kunga qadar Moliya vazirligi qoshida tuzilgan Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga 7,5 trillion so‘mga yaqin mablag‘ to‘plangan bo‘lib, buning 3,33 trillion so‘mi birinchi navbatda ana shu yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga sarflangan.

Yana nimalar qilinishi kerak?
Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda O‘zbekiston aholiga bevosita moddiy yordam ko‘rsatmadi. Buning tom sababini, to‘g‘risini aytganda, tushunish juda qiyin. Shuning uchun qanday izoh berishni ham bilmaysan, kishi.

Lekin shaxsiy kuzatuvlarim bo‘yicha amaldagi karantin tufayli aholining kamida 70 foizi turli darajada moddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda va 50 foizi bevosita moddiy yordamga muhtoj.

Ular kimlar? 34 millionlik xalqimizning bugungi kunda bevosita moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan qatlamlari, mening fikrimcha, quyidagilar:

Shu taxminlar asosida aytishimiz mumkinki, bugungi kunda mamlakatning 10 million aholisi yoki taxminan 3,5 million oila bevosita moliyaviy yordamga muhtoj va turli oziq-ovqat yordami bilan bu muhtojlikni yengib bo‘lmaydi.

2019 yil dekabr oyida prezidentimiz o‘z nutqida aytib o‘tgan 13-15 foiz kambag‘al aholi soni ham kamida 4,4–5,1 million kishini tashkil etadi. Lekin Covid-19’gacha bir ahvol edi, hozir so‘nggi 3 oy davomidagi o‘zgarishlar tufayli, ahvol butunlay boshqacha.

Agar Davlat soliq qo‘mitasi maoshga belgilangan soliqlar va soliq to‘lovchilar dinamikasini har bir hudud bo‘yicha e’tiborga havola qilsa, buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Hozircha esa, atrofdagi insonlar bilan suhbatlar va shaxsiy kuzatuvlar natijasi, uzuq-yuluq statistika ma’lumotlaridan foydalanib, ana shu miqdorlarni taxmin qilishga majburmiz.

Nega aynan bevosita moliyaviy yordam masalasi jiddiylashdi?
Chunki inson oylar davomida faqat oziq-ovqat bilangina hayot kechira olmaydi. Pul universal almashuv vositasi sifatida turli boshqa hayot ehtiyojlarini qondirish uchun zarur: dori-darmonlar, turli maishiy xizmatlar, kiyim-kechak va shaxsiy gigiyena vositalari uchun.

Bundan tashqari, ba’zi istisnolar hisobga olinmasa, deyarli barcha mamlakatlar, jumladan, qo‘shni mamlakatlar o‘z aholisiga bevosita moliyaviy yordam ko‘rsatdi.

Bu masalani bir yoqlik qilmasdan turib, oldinga siljishimiz ancha murakkab bo‘ladi. Buning bir necha sababi bor:

Masalani qanday hal qilish mumkin?
Agar biz Covid-19 sharoitida ishlab chiqilgan, saxovat jamg‘armasidan har bir oilaga 1 million so‘m atrofida pul ajratish mexanizmini asos qilib olsak, 3,5 million oilaga har oyda 3,5 trillion so‘m pul kerak bo‘ladi. Agar oiladagi kishilar soniga qarab, masalan, 4 kishilik oilaga 2 mln so‘m, 5 kishilik oilaga 2,5 mln so‘m berilsa, bu hajm 5 trln so‘mgacha oshishi mumkin.

Bunday mablag‘larning har oyda savdo, tibbiyot va turli maishiy xizmat sohalariga kirib kelishi negadir Markaziy bankni qo‘rqitadi.

Boz ustiga, aholidan tashqari kichik va o‘rta biznes vakillari ham katta zarar ko‘rgan va ular o‘ziga kelgunicha bir necha oylar o‘tadi. Ularga ham foizsiz, garovsiz aylanma mablag‘larini berish ham maqsadga muvofiq bo‘lardi. Masalan, ular bu qarzlarni 3 yil davomida to‘lab bergan bo‘lishar edi.

Xayriyatki, koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri boshqa mamlakatlarga nisbatan qirg‘inbarotli bo‘lgani yo‘q. Bizning iqtisodiyotni ushlab turgan 5ta omil bor:

Ana shu omillar tufayli Jahon banki prognoziga ko‘ra, 2020 yil davomida butun Markaziy Osiyo bo‘yicha iqtisodiyot hajmi 4,7 foizga kamaygani holda, O‘zbekiston iqtisodi (yalpi ichki mahsulot) 1,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Demak, iqtisodiyotimiz tezroq tiklanishi va rivojlanishini istasak, aholiga davlat tomonidan bevosita moliyaviy yordam masalasini ijobiy hal etishimiz kerak.

Xalqqa bevosita moddiy yordam berish masalasida korrupsiyaga ishora qilish aslida katta pul massasi aylanmaga chiqib ketishi va shu tufayli inflyatsiya darajasi yanada kuchayishi ostidagi qo‘rquv niqobi bo‘lsa kerak. Aslida turli tashkilotlar, shaxslar, ko‘ngillilar saxovat qilib xalqimizni oziq-ovqat bilan ta’minladilarku?

Qidirsa yaxshi ishlovchi mexanizmni topsa bo‘ladi. Faqat ijtimoiy nazoratni kuchaytirish kerak, ommaviy axborot vositalari kuchini ishga solish kerak. Shunda korrupsiya va o‘g‘rilik hollari keskin kamayadi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 110
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar