“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:03
ЎЗO‘Z

«Bugungi kunda iqtisodiyot sohasida birorta ham yopiq ma’lumot qolmadi» – Jamshid Qo‘chqorov

13 iyun, 22:47 1 943 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bugungi kunda iqtisodiyot sohasida birorta ham yopiq ma’lumot qolmadi» – Jamshid Qo‘chqorov Bugun, 13 iyun kuni «Munozara klubi»ning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘z chiqishida 3-4 yil avval tashqi qarz miqdori, budjet xarajatlari maxfiy ma’lumot hisoblangani, bugungi kunda iqtisodiyot sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida yopiq ma’lumot qolmaganini ta’kidladi.

«Bugun ko‘pchilikni qiziqtirayotgan davlat qarzi masalasida fikr almashamiz. Oxirgi ikki yildan buyon davlat qarzi, ayniqsa, tashqi qarz statistikasi va tahlili doimiy ravishda Moliya vazirligi tomonidan, o‘z navbatida, nodavlat sektor tashqi qarzi esa Markaziy bank tomonidan muntazam e’lon qilinib kelyapti.

Bu tabiiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda, umuman, o‘zaro suhbatlarda ko‘plab fikr almashuvlarga, munozaralarga ham sabab bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, bundan bor-yo‘g‘i 3-4 yil avval tashqi qarz qanchaligi maxfiy ma’lumot hisoblanardi. Mana, Abdulla aka Abduqodirov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlaganlar, so‘zlarimni tasdiqlaydilar.

Tashqi qarzni qo‘ya turaylik, oddiygina budjet xarajatlari ham yopiq edi. Budjet siyosati haqidagi ko‘plab dissertatsiyalar ham hech qanday budjet raqamlari, statistikalarsiz himoya qilinganiga guvohman. Bundan bor-yo‘g‘i 3-4 yil avvalgi gaplarni gapiryapman. 50 yo 60 yil avvalgi gapni gapirmayapman.

Hayotimiz shunchalik shiddat bilan o‘zgarib ketdiki, bu raqamlar avval maxfiy bo‘lganini, ularni aytish mumkin bo‘lmaganini, bitta tashkilot ikkinchi tashkilotga shu raqamni berishi uchun bosh vazirning tegishli o‘rinbosaridan ruxsat olinardi. Ruxsatni olguncha ham odam qon bo‘lib ketardi. Olimlar haqida gapirmayapman, bir davlat tashkiloti ikkinchi davlat tashkiloti bilan ma’lumot almashishi shu darajada qiyin bo‘lgan.

Lekin bugun hammamiz shunday imkoniyatga ega bo‘ldikki, bugungi kunda iqtisodiyot sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida, menimcha, birorta ham yopiq ma’lumot qolmadi.

Bugungi munozaramizda ishtirok etayotgan mahalliy yoki xalqaro ekspertlarning yozganlarini doim o‘qib boraman. Bu kabi fikrlashuv bir-birimizni boyitadi. Kim o‘zining uyasida bekinib olsa, bu yaxshilikka olib kelmasligini o‘zimiz ham ko‘rdik», deydi Jamshid Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, «Munozara klubi» hukumat iqtisodiy bloki tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u masalalar yuzasidan fikr almashish, jamoatchilikni kelgusi rejalardan xabardor qilishning yangi platformasi sifatida taklif etilgan.

Klubning birinchi muhokamasida iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, moliya vaziri Timur Ishmetov, markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov, deputatlar, ekspertlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining vakillari, jurnalistlar qatnashyapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 55
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 38
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar