“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:24
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonda hosil ko‘p bo‘ladi, O‘zbekiston uchun bug‘doy eksport qilishda muammolar bo‘lmaydi

02 iyun, 23:17 4 084 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonda hosil ko‘p bo‘ladi, O‘zbekiston uchun bug‘doy eksport qilishda muammolar bo‘lmaydi Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa ko‘plab xususiy kompaniyalar bug‘doy hosildorligini 13 million tonnadan ortiq deya prognoz qilishmoqda. O‘z o‘zidan, bug‘doy eksporti 6 million tonnadan 8 million tonnagacha ortadi. O‘zbekiston uchun bu yil – yaxshi yil. Chunki Qozog‘istonda ham bug‘doy, ham un eksporti uchun zaxira yetarli bo‘ladi, deydi iqtisodchi Sergiy Zorya.

Jahon banki «Covid 19 va Markaziy Osiyoning oziq-ovqat xavfsizligi» mavzusiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi. Unda Jahon bankining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya mavzuga doir savollarga [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA2LzAyL3Fvem9naXN0b25kYS1ob3NpbC1rb3AtYm9sYWRpLW96YmVraXN0b24tdWNodW4tYnVnZG95LWVrc3BvcnQtcWlsaXNoZGEtbXVhbW1vbGFyLWJvbG1heWRpLWphaG9uLWJhbmtp]javob berdi[/leech].

– 2020 yilda O‘zbekiston uchun Qozog‘istondan nonni import qilish qay darajada muammoli?
– 2020 yilda Qozog‘istonda bug‘doy ishlab chiqarilishiga oid prognozni bilamiz. Iyul, avgust, sentabr oylarida hosil yig‘ib olinadi. Prognozlarga ko‘ra, mamlakatda bug‘doy yetishtirish o‘tgan yildagiga qaraganda 20 foizga ko‘p bo‘ladi. Ya’ni u so‘nggi besh yilgi o‘rtacha ko‘rsatkichda bo‘ladi. 2019 yil qurg‘oqchilik sababli O‘zbekiston uchun og‘ir yil bo‘ldi. Mamlakat bug‘doy hosilining 15-20 foizini yo‘qotdi. Joriy yilda hosildorlik tiklanadi.

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa ko‘plab xususiy kompaniyalar bug‘doy hosildorligini 13 million tonnadan ortiq deya prognoz qilishmoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 11,5 million tonna bo‘lgan. O‘z o‘zidan, bug‘doy eksporti sezilarli darajada ortadi, 6 million tonnadan 8 million tonnagacha. O‘zbekiston uchun bu yil – yaxshi yil. Chunki Qozog‘istonda ham bug‘doy, ham un eksporti uchun zaxira yetarli bo‘ladi.

Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Qozog‘istondan unga qaraganda bug‘doyni ko‘proq import qilmoqda. O‘zbekistonning tegirmonchilik sanoati bug‘doyni import qilib, uni ichki iste’mol va Afg‘onistonga eksport qilish uchun un qiladi. 2020 yil – pandemiya yili bilan taqqoslaganda normal yil bo‘ladi.

– Markaziy Osiyo hukumatlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy mintaqaviy zaxirasini yaratish qay darajada samarali?
– Mintaqaviy zaxira – juda qiziq g‘oya. Amaliyotda uni tatbiq qilish juda qiyin. Dunyoda bu g‘oyaning amaliy qo‘llanishini ko‘rmaymiz. Men o‘z vaqtida Afrikada ishlaganimda turli xalqaro tashkilotlar bilan G‘arbiy Afrikada mintaqaviy zaxirani yaratish masalasini ko‘p marta muhokama qilganman. Mintaqaviy zaxira mantig‘i shundan iboratki, mintaqaviy rezervdagi zaxira hajmi har bir mamlakat qo‘yishni istagan hajmiga qaraganda kamroq bo‘lishi mumkin. O‘z o‘zidan, hajmlar kamaygani sababli davlatning mazkur dasturlarga ajratadigan xarajatlari kamayadi, budjet jamg‘armasi bo‘ladi.

Amaliyotda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi – siyosiy masala. Ya’ni texnik tomondan bu kabi zaxiralarni yuritish imkoniyati mavjud, masalaning siyosiy jihati mintaqaviy zaxiralarni joriy etishni murakkablashtiradi. Shuning uchun bugungi kunda mintaqaviy hamkorlik qilish, bug‘doy va un bo‘yicha balanslar tuzish, bugungi kunda mavjud zaxiralarni monitoring qilishda ma’lumot almashishda muloqot olib borish muhimroq bo‘ladi deb hisoblayman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar