“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:36
ЎЗO‘Z

Buxoroda 2 000 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlarining 3,3 mlrd. so‘mlik mol-mulk va yer soliqlari o‘z ixtiyorida qoladi

30 мая, 13:11 2 321 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda 2 000 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlarining 3,3 mlrd. so‘mlik mol-mulk va yer soliqlari o‘z ixtiyorida qoladi Har-bir tadbirkorlik sub’ekti davlatimiz iqtisodiyotining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Shu bois, yurtimizda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Buxoroda davlat soliq organlari xodimlari tomonidan hududdagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan yaxshi aloqa o‘rnatilgan. Ayniqsa, karantin davrida iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlariga hukumatimiz tomonidan berilgan yengilliklar va soliq imtiyozlarini qo‘llash bilan yaqindan yordam berilmoqda.

Birgina misol. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi (PF-5969-sonli) Farmoniga asosan Buxoro viloyatidagi jami 150 dan ortiq korxonalarga jami 3 mlrd. so‘mlik, ya’ni 957 mln. so‘mlik mol-mulk solig‘i, 2 mlrd. 22 mln. so‘mlik yer solig‘i hamda 36 mln. so‘mlik suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan.

- Kogon shahridagi “Propan-Oil-Plys” mas’uliyati cheklangan jamiyati karantin davrida avtotransport vositalari harakatiga o‘rnatilgan cheklovlar tufayli iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgandi, - deydi Kogon shahar DSI boshlig‘i o‘rinbosari Komila Ahmadova. - Bunday vaziyatda Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda korxonaga yengillik yaratish maqsadida uning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash bo‘yicha majburiyati foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirildi.

- Bizning korxonamiz ham pandemiya ta’siriga tushganligi sababli jami 22,7 mln. so‘mlik mol-mulk, yer hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatimiz foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirildi, - deydi “Buxoro Parranda” AJ korxonasi hisobchisi Ortiq Muqimov. – To‘g‘risini, tan olib aytish kerak hozirgi qiyinchilik davrda biz ana shunday ko‘makka muhtoj edik. Albatta biz ushbu imtiyozli davrdan unumli foydalanib ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishga harakat qilamiz.

Kogon shahridagi transpot xizmati ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan “Progres-Mega-Trans” korxonasida karantindan oldin 80 dan ortiq shuningdek, Kogon tumanida faoliyat olib borayotgan “SherzodAvtotrans” transport korxonasida ham 2 oy ilgari 21 nafar ishchi faoliyat yuritgan. Biroq pandemiya ta’siri tufayli ayni kunda ushbu korxonalarda bor-yo‘g‘i 3 nafardan ishchi ishlab turibdi xolos. Yashirishning keragi yo‘q, bunday vaziyatda korxona mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashga ham qiynalib turgandi.

E’tiborlisi, joriy yilning 18 may kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ushbu korxonalar 2020 yil 1 iyundan 1 sentabrgacha mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilindi.
O‘rni kelganda aytish lozimki, mazkur imtiyozni qo‘llash natijasida viloyatdagi 1 949 ta tadbirkorlik sub’ekti ixtiyorida 3,3 mlrd. so‘mlik mablag‘ qoladi.

Buxoro shahridagi “Sitora avto bozori” ayni karantin davrida faoliyat yuritmayotgani uchun soliq to‘lovlarini to‘lashga qurbi yetmayotgan edi. Ta’kidlash lozimki, mazkur farmonga muvofiq berilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish hisobiga ushbu bozor 39 million so‘mlik mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod bo‘ldi.

Karantin cheklovlari tufayli Kogon shahridagi “Soxibkor” dehqon bozoridagi mavjud 220 dan ortiq savdo nuqtalarning bor-yo‘g‘i 40 tasi faoliyat yuritmoqda xolos. Farmonga muvofiq mazkur bozor ham joriy yil iyun-avgust oylari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etildi.

Ahamiyatli tomoni, mazkur hujjat bilan tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)ni olib kirishda (import) qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kungacha kechiktirish huquqi beriligani hamda shu yilning 1 mayidan 1 iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasining 12 foizdan 1 foizgacha kamaytirilgani Buxoro shahridagi “Deluxe Fabrik” korxonasiga o‘xshagan to‘qimachilikka ixtisoslashgan ishlab chiqarish tarmoqlari uchun ham ayni muddao bo‘ldi desak yanglishmaymiz. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ishlab chiqarish tarmoqlarini pandemiya ta’siridan asrashdir. Quvonarlisi, bunday g‘amxo‘rliklar natijasida ushbu korxonalarning barqaror faoliyat yuritishi ta’minlanishiga erishilmoqda.

Raqamlar bilan aytganda:
•O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969 son va 2020 yil 3 apreldagi PF 5978 son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo‘lib bo‘lib to‘lash) berilgan, kichik tadbirkorlik sub’ektlarining 2020 yil aprel va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i summalarining hisobdan chiqarilishi hisobiga jami 159 ta korxonaning 1,0 mlrd. so‘mlik yer va mol mulk soliqlari bo‘yicha qarzdorligidan voz kechildi.

•2020 yilning 1 iyunidan 1 sentabriga qadar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi hisobiga viloyatdagi jami 10 557 ta korxonaning 518,0 mln. so‘mlik penya va jarima summalari hisobdan chiqariladi.

•2020 yilning 1 mayidan 1 iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytirilishi hisobiga jami 13 412 ta korxona ixtiyoriga 20,3 mlrd. so‘mlik mablag‘ qoladi.

•Farmonga muvofiq viloyatdagi jami 6 824 ta mikrofirma va kichik korxonalarning 37,5 mlrd. so‘mlik 2020 yil 15 may holatiga hisoblangan soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentabrgacha to‘xtatildi.

•Shuningdek, mazkur farmonga muvofiq viloyatdagi jami 2 729 ta mikrofirma va kichik korxonalarning 2020 yil 15 may holatida xizmat ko‘rsatuvchi banki muassasalarida ijroda bo‘lgan 15,6 mingga yaqin 15,3 mlrd. so‘mlik inkasso to‘lov topshiriqnomalari ijrosiz qaytariladi. Bundan tashqari, 4121 ta mikrofirma va kichik korxonalaring xizmat ko‘rsatuvchi banki muassasalarida ijroda bo‘lgan 22 mingga yaqin 24,1 mlrd. so‘mlik to‘lov topshiriqnomalari ham ijrosiz qaytariladi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 67
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar