“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:54
ЎЗO‘Z

AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha mablag‘ ajratdi

22 мая, 14:00 3 000 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha mablag‘ ajratdi Foto: USAID
AQSH hukumati USAID orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratishini e’lon qildi.
COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar doirasida AQSH hukumati Taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratishini e’lon qildi.

Qo‘shma Shtatlarning mamlakatdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, shu tariqa AQSH hukumatining O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatgan bevosita yordami 5,92 million dollarni tashkil etmoqda, buning taxminan 3,8 millioni esa USAID hissasiga to‘g‘ri keladi. USAID ushbu qo‘shimcha mablag‘ni koronavirusga qarshi kurash va uni nazorat qilishda laboratoriyalar hamda sog‘liqni saqlash xodimlari imkoniyatini kengaytirishni davom ettirishga sarflaydi.

Bildirilishicha, bu avvalroq e’lon qilingan mablag‘ bilan AQSH hukumati sog‘liqni saqlash hamda diagnostika muassasalarida infeksiya tarqalishining oldini olish uchun maslahatlar va texnik ko‘mak berish orqali O‘zbekistonning COVID-19’ga qarshi olib borayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

“USAID’ning O‘zbekistondagi dasturlari keng ko‘lamli test o‘tkazish uchun laboratoriya tizimlarini tayyorlash hamda virus yuqtirib olgan bemorlarga oid holatni yaxshilashga ham yordam bermoqda.

Bundan tashqari, USAID dasturlari koronavirus tarqalishini to‘xtatishga ko‘maklashish va dezinformatsiya yoyilishining oldini olish maqsadida aholining zaif qatlamlariga aniq va to‘g‘ri ma’lumot yetkazish orqali mahalliy jamoalar bilan munosabatlarda hamkorlik qilmoqda.

COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, USAID mamlakat iqtisodini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni kuchaytirish, salomatlikka jiddiy xavflarni bartaraf etish hamda aholi ehtiyojlarini qondirishda hukumat imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda ish olib bormoqda”, - deyiladi ma’lumotda.
AQSH, koronavirus, O‘zbekiston




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 51
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 166
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 52
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 125
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 127
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar