“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:16
ЎЗO‘Z

Senat YEOIIga «kuzatuvchi davlat» maqomida qo‘shilishni ma’qulladi

11 мая, 13:20 2 277 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat YEOIIga «kuzatuvchi davlat» maqomida qo‘shilishni ma’qulladi Senat O‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida «kuzatuvchi davlat» maqomida ishtirok etishi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorni ko‘pchilik ovoz bilan tasdiqladi. Bu haqda yuqori palata saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hisob-kitoblar Senat qo‘mitalari va maxsus ishchi guruhi yig‘ishlarida yetakchi ekspert va mutaxassislarning ishtirokida chuqur tahlillar asosida muhokama qilingan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shahar Kengashlari tomonidan ham muhokama qilingan.

«Yalpi majlisda ham ushbu masala qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi», deyiladi xabarda.

YEOII doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tarafdorlarining fikriga ko‘ra, ushbu tashkilot bilan hamkorlik tashqi savdo hajmining o‘sishi, mamlakatimizda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klasterlar, sanoat va savdo zonalarini tashkil etishda mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini YEOIIga a’zo davlatlarga bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirmasdan eksport qilish imkoniyati yaratiladi.

Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, YEOII bilan hamkorlik transport-kommunikatsiya va yuklar tranziti sohasidagi manfaatlariga ijobiy ta’sir qiladi. YEOIIga a’zo davlatlarda o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizga keng imkoniyat yaratadi.

Qarshi ovoz bergan senatorlar iqtisodiyotimizning qator tarmoqlarida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi, muayyan darajada ish o‘rinlarining yo‘qotilishi, investitsiya faoliyati va sanoat modernizatsiya jarayonlarining sustlashishiga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

Shuningdek, muayyan davrda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari narxlarining oshishi, ularning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir qilishi hamda ichki bozorda import mahsulotlari hajmi ko‘payishini ham ta’kidlashdi. Bundan tashqari, respublikaning savdo saldosi va to‘lov balansi holati yomonlashishi xavfi borligi qayd etildi. Mamlakatimiz manfaatlari uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zolik masalasi dolzarbroq ekanligi ham aytib o‘tildi.

Yakunda senatorlar O‘zbekiston Respublikasining YEOIIga «kuzatuvchi davlat» maqomida qo‘shilishni ma’qulladi. Xabar qilinishicha, 16 nafar senator qarshi ovoz bergan, 4 nafari esa betaraf qolgan.
kuzatuvchi davlat, YEOII, O‘zbekiston




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar