“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 23:57
ЎЗO‘Z

Pandemiyadan keyingi iqtisodiy siyosat: 4 taxminiy ssenariy

06 мая, 09:30 2 732 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pandemiyadan keyingi iqtisodiy siyosat: 4 taxminiy ssenariy Foto: AFP/Getty Images
Pandemiyadan keyin davlatlar iqtisodiyotida qanday tendensiyalar kuzatila boshlashi mumkin? Britaniyadagi Surrey universiteti ilmiy xodimi, iqtisodchi Simon Meyr pandemiyadan keyingi iqtisodiy hayotning 4 xil ssenariysini taxmin qildi.

Unga ko‘ra, iqtisodiy nuqtayi nazardan pandemiyadan keyingi kelajakning 4 xil variantini taxmin qilish mumkin: davlat kapitalizmi, varvarlik, davlat sotsializmi, o‘zaro yordamga asoslangan tizim.

1-ssenariy: davlat kapitalizmi
Bu – hozir aksariyat davlatlar qo‘llayotgan dominant siyosat shakli. Kapitalizm tovar ayirboshlash jarayoni (ya’ni oldi-berdi)ni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sifatida ko‘radi, shu bois savdo va ishlab chiqarish jarayonini tiklashga zo‘r beradi.

Ammo ishchilar o‘z salomatligidan xavfsiragani uchun ishga chiqmay qolishi ehtimoli yo‘q emas. Oqibatda bozor inqiroz yoqasiga kelib qolganda davlat yordamiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Natijada davlat kredit berish tizimini kengaytirishga, tadbirkorlik sub’ektlariga mablag‘ manbalarni taqdim qilishga o‘ta boshlaydi.

Bu ssenariy pandemiya qisqa vaqt davom etganda va uni nazorat qilish mumkin bo‘lib turgandagina qo‘l kelishi mumkin. Uzoq davom etadigan pandemiya sharoitida esa davlat bozorni ushlab turish uchun tobora ko‘proq resurs tikishiga to‘g‘ri keladi, ammo buning uddasidan qanchalik chiqa olishi mavhum.

2-ssenariy: varvarlik
Bu – sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariy.

Pandemiya xavfi hali yuqori bo‘lib turgan vaziyatda odatiy turmush tarziga qaytishga harakat qila boshlagan davlatlarda shunday ssenariy kuzatilishi mumkin. Ya’ni oldi-berdi harakatlarini tiklash asosiy prinsip bo‘lib, aholi hayot xavfsizligi ikkilamchi masalaga aylanadi.

Davlat inqirozli vaziyatlarga chidamli mexanizmlarga ega bo‘lmagani holda bozorni saqlashga harakat qiladi. Salomatligi bilan bog‘liq muammolar yoki ishsizlik tufayli bozordan tashqarida bo‘lib qolgan aholi qatlami qo‘llab-quvvatlanmaydi. Aholi salomatligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilmay, shifoxonalar yomon ishlasa, davlat tadbirkorlik sub’ektlari va bozorlarni saqlab qolish uchun samarali mexanizmlar yarata olishning uddasidan chiqmasa, xaos va varvarlik yuzaga kela boshlaydi.

Iqtisodiy beqarorlik ijtimoiy va siyosiy xavotirlarga sabab bo‘ladi, davlat tizimi jamiyat farovonligini ta’minlashning uddasidan chiqa olmaydi.

3-ssenariy: davlat sotsializmi
Hukumatlar tanlashi kerak bo‘lgan eng qulay yo‘l shu. Ishchilarga pul to‘lash – bozorni himoya qilish instrumenti sifatida emas, balki aholi hayotini himoya qilish maqsadida qilinadi. Davlat iqtisodiyotning hayot uchun zarur bo‘lgan sohalarigagina – oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, energiya, turar-joy masalasiga aralashadi.

Bundan tashqari, davlat insonlarning birlamchi hayotiy ehtiyojlari bozor manfaatlari uchun o‘ljaga aylanib qolmasligini ta’minlaydi. Shifoxonalar milliylashtiriladi, aholiga bazaviy ehtiyoj tovarlariga ega bo‘lish uchun imkoniyati yaratib beriladi.

Bu ssenariyda fuqarolar o‘z ish beruvchilariga yashab qolishlari uchun asosiy najotkor sifatida qarashmaydi. Har bir fuqaro bozordagi oldi-berdiga qanchalik aloqador bo‘lishidan qat’i nazar, yashash sharoitiga ega bo‘ladi.

Davlat sotsializmi uzoq davom etgan pandemiyadan so‘ng davlat kapitalizmi transformatsiyasi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Davlat hamma sohalar emas, eng muhimlari haqida bosh qotira boshlaydi. Chuqur inqiroz, mahsulot yetkazib berish zanjirida uzilishlar bo‘la boshlasa, an’anaviy choralar – qog‘oz pullar chiqarish, kredit ajratish naf bermay qolishi mumkin.

Mazkur ssenariyning xavfli tomoni shundaki, u avtoritar boshqaruvga o‘tib ketishi kerak emas.

4-ssenariy: o‘zaro yordamga asoslangan tizim
Bu yo‘ldan ketilganda, aholining salomatligi haqida qayg‘urish iqtisodiyotning ustuvor tamoyiliga aylanadi. Bunda davlat muhim rol o‘ynamaydi – alohida shaxslar, kichik guruhlar o‘zlari mansub bo‘lgan jamiyatni qo‘llab-quvvatlash, unga yordam berishni boshlashadi.

Odamlar jamoalarga birlashib, o‘z hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha choralar rejasini ishlab chiqishi, ehtiyojmand aholi qatlami haqida qayg‘urish norasmiy guruhlarning gardaniga tushishi mumkin.

Bunday tizim ikki holatda paydo bo‘ladi – davlat o‘z vazifalarini bajara olmasa yoki jamiyat inqirozli holatga pragmatik munosabatda bo‘la boshlasa.

Kichik guruhlar jamiyatdagi muammolarni hal qilish uchun resurslarni tezkorlik bilan yo‘naltira olmasligi mumkin. Ammo bir qancha kichik guruhlar o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘ygan holda samarali tizimni tashkil qilsa, bu muammo ham yechim topadi.

O‘zaro yordam tizimi yuqorida keltirilgan uch ssenariyning mantiqiy davomi sifatida yuzaga kelishi ham mumkin. Davlat kapitalizmi o‘zini oqlamasa, varvarlik xavfi paydo bo‘lsa yoki davlat sotsializmiga yordam sifatida kichik guruhlar harakatlari o‘rtaga chiqishi ehtimoldan yiroq emas.

Bu to‘rt ssenariy – voqealarning taxminiy rivoji xolos. Ular bir-biriga qo‘shilgan shaklda ham namoyon bo‘lishi mumkin.

Kuchli demokratik davlat katta salohiyatga ega sog‘liqni saqlash tizimi yaratishi, bozor iqtisodiyotining injiqliklariga moslasha olmagan qatlam himoyasini ta’minlashi, fuqarolarga yordam guruhlarini tashkil etishlari uchun imkon yaratishi kerak. Muhimi, inqirozlar uchun ta’sir formalari faqatgina iqtisodiy manfaatlar emas, insonparvarlikka asoslanishi zarur.
iqtisodiy siyosat, pandemiya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 29
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 122
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 120
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 98
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 165
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Bo‘limlar