“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:11
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston banklarida dollar kursi tushishda davom etmoqda

05 мая, 18:46 4 328 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston banklarida dollar kursi tushishda davom etmoqda O‘zbekistonda bir nechta banklar 2020 yil 5 may, seshanba, tongi holatiga AQSH dollarining so‘mga nisbatan qiymatini tushirgan. Bu haqda Spot xabar berdi.
Ayrim banklar dollarning narxini sotish va sotib olish uchun mos ravishda 10 100—10 150 so‘m qilib belgilagan. O‘tgan haftada ushbu ikki ko‘rsatkich o‘rtacha 10 180 so‘mni tashkil qilgandi.

AQSH dollarining banklarda arzonlashayotganining sababi O‘zbekiston Markaziy banki dollar kursini mart oyidan beri ikkinchi hafta ketma-ket tushirganligi bilan bog‘liq, deb yozgan Spot. Markaziy bank 5 maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagan, unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 0,61 so‘mga tushib, 10 129,39 so‘mni tashkil qilgan.

Markaziy bank kursni birinchi navbatda O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar holatidan kelib chiqib belgilaydi. Dollar birjada 10 134 so‘mga baholangan.

Avval Markaziy bank so‘mning aprel oyidagi «qulashi»ga bozor sharoitlaridagi o‘zgarishlar sabab bo‘lgani va yaqin vaqt ichida milliy valyutaning keskin «qulashi»ga olib keladigan omillar yo‘qligini bildirgan.

«Qisqa muddatli istiqbolda fundamental omillar tomonidan so‘mning nominal almashuv kursiga devalvatsion bosimning yuzaga kelishi kutilmayapti», — deya xulosa qilgan Markaziy bank.
banklar, dollar kursi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 123
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar