“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:12
ЎЗO‘Z

Elektron pullarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibi belgilandi

05 мая, 13:00 3 523 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Elektron pullarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibi belgilandi Tasdiqlangan qoidalar bilan elektron pullarni chiqarish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish va ularni qoplash mexanizmi belgilanadi. Hujjat «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan.

Ma’lumot uchun: elektron pullar – emitentning elektron shaklda saqlanadigan hamda elektron pullar tizimida to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyati.

Norma’ning yozishicha, elektron pullar (EP) tizimida quyidagilar ishtirok etadi:
- emitent – Markaziy bank va tijorat banklari;
- operator – bank va (yoki) EP tizimi ishlashini ta’minlaydigan tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan to‘lov tashkilotlari;
- agentlar;
- EP egalari;
- banklar, to‘lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) emitent bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar.

Elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilish
EPni chiqarish va realizatsiya qilish bank-emitent tomonidan Markaziy bankka tasdiqlangan shakl bo‘yicha xabarnomani, shuningdek hujjatlarni yuborishdan boshlanadi. MB tomonidan kelib tushgan xabarnoma 10 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi va MB rasmiy veb-saytida yuritiladigan tegishli Reyestrda pul chiqarish boshlangan sana haqida yozuv qayd etiladi.

EP jismoniy shaxslar yoki agentdan qabul qilingan pul mablag‘lari doirasida, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu shartnoma asosida EP realizatsiya qilish shartlari belgilanadi. Shartnoma tuzilgunga qadar emitent yoki operator jismoniy shaxsga quyidagilar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishi lozim:

- emitentning va operatorning nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili) (to‘lov tashkiloti hisoblanganda – litsenziya raqami);
- EPdan foydalanish shartlari;
- EP egasidan vositachilik haqini undirish tartibi va miqdori;
- e’tirozlarni berish usullari va ularni ko‘rib chiqish tartibi.

Elektron pullar jismoniy shaxsga va agentga har bir EP egasi uchun shakllantiriladigan elektron hamyonga o‘tkazish orqali realizatsiya qilinadi. EP sotib olinganligi dalili quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kvitansiya va qog‘oz yoki elektron shakldagi boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi:

- emitent va operatorning nomi;
- operatsiyaning amalga oshirilgan sanasi;
- operatsiyaning tartib raqami;
- elektron pullar summasi;
- elektron pullar egasiga tegishli elektron hamyonning identifikatsiya kodi;
- undiriladigan vositachilik haqi miqdori (agar elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan bo‘lsa). Shuningdek emitent tomonidan qo‘shimcha belgilangan rekvizitlar kiritilishi mumkin.

Elektron pullardan foydalanish
Elektron pullar tizimi sub’ektlari – yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslardan tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun elektron pullardan foydalaniladi. Ular uchun maxsus elektron hamyonlar shakllantiriladi, ularga realizatsiya qilingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun EP qabul qilinadi va keyinchalik ekvivalent summa bank hisobvaraqlariga o‘tkaziladi. Yuridik shaxslar va YATT elektron hamyonlaridagi elektron pullarni qayta sotish taqiqlanadi.

Elektron pullar bo‘yicha har qanday operatsiya chek yoki tasdiqlovchi hujjat bilan tasdiqlanadi. U elektron hamyon egasining mobil aloqa vositalariga sms-xabar yoki elektron pochta manziliga xabar tarzida yuborilishi shart. Chekda quyidagilar ko‘rsatiladi:

- elektron hamyonning identifikatsiya kodi;
- to‘lovni identifikatsiyalovchi tranzaksiya kodi;
- yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxsning nomi va STIRi;
- chek raqami;
- to‘lov summasi;
- operatsiyaning amalga oshirilgan sanasi va vaqti.

Elektron pullar bank-emitent tomonidan ularning egalariga naqd pulga almashtirish yoki naqd pulsiz mablag‘larni EP egasining bank hisobvarag‘iga kirim qilish orqali qoplanadi. EP qoplanganidan keyin muomaladan chiqariladi.

Hujjat 29.04.2020 yildan kuchga kirdi.
elektron pullar, emitent




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 71
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar