“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:44
ЎЗO‘Z

Markaziy bank yaqin vaqt ichida pul o‘tkazmalari va valyuta kursi bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘lishini ma’lum qildi

02 мая, 10:36 3 481 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank yaqin vaqt ichida pul o‘tkazmalari va valyuta kursi bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘lishini ma’lum qildi Markaziy bank tomonidan "2020 yilning I choragi uchun pul-kredit siyosati sharhi" taqdim etildi. Sharhda pul-kredit sharoitlari, tashqi va ichki iqtisodiy vaziyatlar va prognozlar, inflyatsiya darajasi va inflyatsion kutilmalar haqida ma’lumot va tahlillar keltirilgan.

Qayd etilishicha, asosiy savdo-hamkor davlatlarda iqtisodiy faollikning pasayishi O‘zbekistonga valyuta oqimi hajmiga ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, tashqi iqtisodiy sharoitlarning O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarining kamayishiga salbiy ta’siri 2020 yilning II choragidan boshlab to‘liq namoyon bo‘la boshlaydi va ularning hajmi yil oxiriga qadar o‘tgan yilga nisbatan past bo‘ladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30-35 foizga qisqaradi. Bunda, aprel-iyul oylarida pul o‘tkazmalarining kamayishi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oylik) 50 foizga yetishi mumkin va keyinchalik bosqichma-bosqich tiklanish kuzatiladi.

Joriy yilning aprel oyida pul o‘tkazmalari hajmi 2019 yilning mos oyiga nisbatan 50 foizga kamaydi. Biroq, joriy yil aprelda pul o‘tkazmalari hajmining haftalik tahlilida, aprelning uchinchi haftasidan boshlab ma’lum bir tiklanish qayd etila boshladi.

Joriy yilning mart oyidan boshlab, asosiy savdo hamkorlar valyutalarining qadrsizlanishi va asosiy xomashyo tovarlari narxlarining pasayishi sharoitida, eksport va pul o‘tkazmalaridan valyuta tushumlari sezilarli darajada pasaydi. Ayni paytda, respublikada past iqtisodiy faollik sharoitida importga bo‘lgan talabning sezilarli o‘sishi kuzatilmadi.

Aprel oyining dastlabki 3 haftasida dollar almashuv kursi o‘rtacha 6,7 foizga o‘sdi. Bunga, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida almashuv kursining ma’lum darajada to‘g‘rilanishi sifatida qarash mumkin”, - deyiladi sharhda.

So‘m almashuv kursidagi mazkur to‘g‘rilanish joriy yil mart oyida asosiy savdo hamkorlarimiz milliy valyutalarining qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan real effektiv almashuv kursi tafovutining yopilishiga xizmat qildi.

Bundan tashqari, joriy yil apreldan boshlab asosiy savdo hamkorlar valyutalari kurslari qadri biroz oshib, nisbatan barqaror dinamikani ko‘rsatmoqda.

Qisqa muddatli istiqbolda fundamental omillar tomonidan so‘mning nominal almashuv kursiga devalvatsion bosimning yuzaga kelishi kutilmayapti, deyilgan ma’lumotda.
valyuta kursi, pul o‘tkazmalari, Markaziy bank




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 130
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 151
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar