“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:57
ЎЗO‘Z

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi jahon inqiroziga izoh berdi

30 apr, 23:45 2 359 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi jahon inqiroziga izoh berdi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hozirda kuzatilayotgan iqtisodiy inqiroz inson sog‘ligi inqiroziga bog‘liqligini ta’kidladi. Bundan tashqari, ushbu inqiroz bir vaqtning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanishi aytilmoqda. Kasallik tarqalishiga bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklar qaror qabul qilish uchun katta qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi aytilmoqda.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyotdagi joriy holat va kutilayotgan tendensiyalar bo‘yicha o‘z hisobotini e’lon qildi.
Ushbu hisobotda vazirlik tomonidan jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtalgan.

Birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda «insoniy» yoki «inson sog‘ligi inqirozi» bilan bog‘liq.

Ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning ya’ni, ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bog‘liq omillarning biri ta’sirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligi, bir paytning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi.

Uchinchidan, koronavirus pandemiyasining to‘xtatilishi va undan keyingi bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining ikkinchi to‘lqini bilan bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi qarorlarni qabul qilishda quyidagi qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda:

«Shu nuqtai nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sog‘ligiga ta’sirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini to‘g‘ri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi», — deyiladi hisobotda

Koronavirus kasalligining tarqalishi dastlabki bosqichlarda, ya’ni, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida, asosan Xitoy iqtisodiyotiga va keyinchalik ushbu mamlakatdagi vaziyatning boshqa davlatlarga ta’siri sezila boshlangan. Hisobotga ko‘ra, fevral oyining ikkinchi yarmidan boshlab va mart oyida esa mazkur kasallik dunyoning deyarli barcha davlatlariga tez tarqalib, ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlagan.
iqtisodiy inqiroz, jahon inqirozi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 120
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar