“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:21
ЎЗO‘Z

Prezident kartoshka ekiladigan yerlarni kamida 50 ming gektarga yetkazish va hosildorlikni 2 barobar oshirish haqida topshiriq berdi

30 apr, 00:43 2 420 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident kartoshka ekiladigan yerlarni kamida 50 ming gektarga yetkazish va hosildorlikni 2 barobar oshirish haqida topshiriq berdi Shavkat Mirziyoyev 29 aprel, chorshanba kuni, pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.

Yig‘ilishda jahon bozorida neft, paxta, gaz va elektr energiyasi narxi pasayib, oziq-ovqat tovarlarining narxi oshib borayotgani, ko‘plab davlatlarda un, don, guruch, yog‘, kartoshka kabi mahsulotlarni eksport qilishga cheklovlar o‘rnatilgani, shu bois qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish bugungi kundagi eng muhim masala hisoblanishi alohida ta’kidlandi. Bu borada sug‘oriladigan maydonlarda 2-3 martadan hosil olish, foydalanishdan chiqqan yerlarni o‘zlashtirish choralari ko‘rilayotgani, ishlab chiqarish va saqlash quvvatlarini kengaytirish jarayonlari davom ettirilayotgani aytildi.

Shuningdek, yig‘ilishda mahsulot yetishtirishni oshirish, strategik zaxiralarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, har bir viloyat va tuman rahbarida 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 1 iyungacha aholi ehtiyojini ta’minlash bo‘yicha aniq hisob-kitob bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Tumanlarda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatlari, oborotdan chiqqan yerlarni o‘zlashtirish, meva-sabzavotchilik va chorvachilikdagi rezervlar aniq belgilab berilgan. Endi shu bo‘yicha ishni tashkil etib, yetishmaydigan mahsulotni boshqa tumanlardan olish yoki ortiqchasini sotish lozimligi qayd etildi.

Prezident misol tariqasida Dehqonobod tumanida paxta ekilmasligi, g‘alla esa lalmi maydonda yetishtirilishi, Chiroqchi tumanida 100 ming gektardan ortiq yaylov yerlardan samarali foydalanilmayotgani, mazkur tumanlarda Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida kooperatsiya usulida chorvachilik korxonalari tashkil etish yaxshi samara berishini aytib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun O‘zbekistonda yetarli hajmda yetishtirilmaydigan mahsulotlar maydonini kengaytirish g‘oyat muhimligini ta’kidlab, 2019 yilda qariyb 60 ming tonna guruch import qilingani, yetarli yer maydonlari bo‘la turib, 150 ming tonna kartoshka chetdan olib kelingani ajablanarli holat ekanini bildirdi.

2020 yilda qo‘shimcha 10 ming gektar yerlarda, jumladan, Xorazmda 6 ming, Qoraqalpog‘istonda 3 ming, Sirdaryoda 1 ming gektarda ko‘chat usulida sholi ekish bo‘yicha topshiriq berildi. Kartoshka ekiladigan maydonlarni kamida 50 ming gektarga yetkazish va hosildorlikni 2 barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.

Yog‘-moy sanoati tizimidagi quvvatlardan atigi 46 foiz foydalanilayotgani, xom ashyoning 90 foizini chigit tashkil qilshini inobatga olib, 22 ta yirik yog‘-moy korxonasiga oborotdan chiqqan 50 ming gektar yerni biriktirib, soya, maxsar, kungaboqar kabi moyli ekinlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, ulardan mahsulot ishlab chiqarishni 40 ming tonnaga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga donni bozor narxida sotib olish, donni qayta ishlovchi xususiy korxonalarni jalb qilgan holda saqlash va qayta ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ichki bozorni mahsulot bilan to‘ldirishda tomorqa, eksport uchun dala dehqonchiligi katta zaxira hisoblanadi. Ikki yil oldin tashkil etilgan «Tomorqa xizmati» tizimidagi 244 ta korxonaning 65 tasi eksport qilmoqda. Biroq ko‘p joylarda bu xizmat to‘liq ishlamayapti. Shu bois mazkur tizimni takomillashtirish, korxonalarga ko‘chat yetishtirish uchun yer ajratish, ularni texnika va uskunalar bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga xonadonlarda mahsulotlarni saqlash uchun 20-30 tonnalik kichik hajmli muzlatkichlar qurilishini tashkil etish vazifasi qo‘yildi, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 37
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 122
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 53
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 125
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 87
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar