“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:08
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqdi

27 apr, 14:46 2 333 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqdi Savdo sohasidagi aniq takliflar, xususan, ikki mamlakat bozorlarida talab katta bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish ko‘lami va hajmini kengaytirish choralari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 24 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov telekonfrensaloqa orqali Rossiya hukumati rahbari o‘rinbosari A.Overchuk bilan O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi va logistika sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi so‘ngi uch yil davomida ko‘rsatkichlari keskin o‘sib borayotgan strategik hamkorlikning hozirgi holatini yuqori baholadilar. Shu bilan birga, investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun foydalanilmagan ulkan imkoniyatlar mavjudligi, shuningdek ushbu imkoniyatlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflarni birgalikda ishlab chiqish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, neft-kimyo, tog‘-konchilik, energetika, qurilish materiallari va meva-sabzavotni qayta ishlash sohalaridagi yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilish jarayonida turibdi.

Yangi qat’iy kelishuvlar ro‘yxatini shakllantirish maqsadida investitsiya va sanoat kooperatsiyasi sohalaridagi hamkorlikni yangi yo‘nalishlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi – qo‘shma savdo va logistika kompaniyalari va meva-sabzavotlarni ulgurji-tarqatish markazlarini tashkil qilish, qishloq xo‘jaligi klasterlari va boshqa loyihalarni amalga oshirish istiqbollari alohida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, savdo sheriklik sohasidagi aniq takliflar, xususan, ikki mamlakat bozorlarida talab katta bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish ko‘lami va hajmini kengaytirish choralari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma kongress-ko‘rgazma tadbirlarini – Mintaqalararo biznes-forum, Ta’lim va Media forumlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli tashkilotlari sa’y-harakatlarini birlashtirishga kelishib oldilar.
iqtisodiy hamkorlik, Rossiya, savdo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 181
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 70
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 143
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 80
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 52
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar