“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:41
ЎЗO‘Z

Jamshid Qo‘chqorov xalqaro tashkilotlardan kutilayotgan yordam haqida ma’lumot berdi

23 apr, 18:00 2 697 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jamshid Qo‘chqorov xalqaro tashkilotlardan kutilayotgan yordam haqida ma’lumot berdi Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov so‘zga chiqdi.

U pandemiyaga qarshi kurashish uchun xarajatlar inflyatsiyaga qay darajada ta’sir qilishi to‘g‘risidagi savolga javob qaytardi.
«Siz juda to‘g‘ri savol ko‘taryapsiz, ya’ni buning O‘zbekistonga ta’siri kutilmagan bo‘ldimi yoki biz biror qiyinchilikka duch keldikmi degandek savol beryapsiz. Men bunga ham aniq-ravshan qilib javob bermoqchimanki, birinchidan, albatta bu pandemiya bizning iqtisodiyotimizga ta’sir qilyapti. Ikkinchidan, bu pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha bizda biror bir jiddiy muammo yo‘q. Hech qanday masala yo‘q», dedi Jamshid Qo‘chqorov.

U so‘nggi uch yilda O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar haqida gapirdi.
«So‘nggi 3 yilda O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar birov uchun emas, iqtisodiy taraqqiyot uchun. Shuning uchun O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari so‘nggi yillarda dunyodagi eng baland iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlaridir. Bu yuqori o‘sish ko‘rsatkichlarini barcha xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar tasdiqlab kelyapti.

Bunday iqtisodiy o‘sish nimaga olib keladi? Mamlakatning moliyaviy iqtisodiy qudrati ko‘payishiga, kuchayishiga olib keladi. So‘nggi 3 yilda oltin-valyuta zaxiralarimiz 3 mlrd dollarga ko‘paydi
», dedi hukumat vakili.

Vazir xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan O‘zbekistonga ko‘rsatilishi kutilayotgan moliyaviy yordam haqida ma’lumot berdi.

«Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘zi aslida, hukumatlarga kredit bermaydi. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, ular ham 375 mln dollar berishiga kelishib oldik. Undan tashqari, Jahon banki 750 mln dollar, Osiyo banki 500 mln dollar va hokazo. Mana shu mablag‘larning asosiy qismi hali yetib kelgani yo‘q, lekin O‘zbekiston davlati o‘zining yetarli moliyaviy kuch-qudratiga ega.

Bugungi kunga kelib qilingan xarajatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bular barcha manbalar - davlat budjeti, homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlari hammasini hisoblaydigan bo‘lsak, bular qariyb 3,5 trln so‘mga yetdi
», dedi Qo‘chqorov.

Uning yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 1,5-2 foizni tashkil qilishi, inflyatsiya darajasi esa o‘tgan yilgidan pastroq bo‘lishi kutilayotganini qo‘shimcha qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 98
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 148
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 124
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 202
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar