“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:16
ЎЗO‘Z

«Ayrim tarmoqlar uchun soliqlarni bekor qilish orqali yordam berish kerak» – Yuliy Yusupov

13 apr, 17:17 2 350 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ayrim tarmoqlar uchun soliqlarni bekor qilish orqali yordam berish kerak» – Yuliy Yusupov Foto: Facebook /yuliy.yusupov
Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi direktori Yuliy Yusupov Ground Zero tomonidan tashkil qilingan vebinar doirasida «Koronavirusgacha va undan keyingi jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston» mavzusida ma’ruza qildi hamda savollarga javob berdi.
Vebinarni kuzatgan Kun.uz muxbiri taniqli iqtisodchining fikrlarini o‘zbek tilida keltirib o‘tadi.

­­­­­­­– Epidemiyaning iqtisodiyotga ta’siri qanday bo‘ladi?
– Epidemiyaning o‘zi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu noaniq vaziyat. U qancha davom etishini bilmaymiz. Ha, epidemiyani kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan mamlakatlar bor. Biroq global miqyosda u qachon tugashini bilmaymiz.

Shuning uchun uning iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatishini haqida juda taxminiy fikrlarni aytish mumkin. Karantin choralari may, iyun oyigacha saqlansa ham iqtisodiyot tanazzuli katta bo‘ladi. Jahon iqtisodiyoti uchun 1-2 oy juda ko‘p. Iqtisodiyotning yarmi ishlayotgan bo‘lsa ham yilning bir oyini yo‘qotdik. Iqtisodiyot tanazzuli davom etishini hisobga olib, taxmin qilamizki, bu jahon YAIMning 10 foizi. Bu juda ko‘p. Bu so‘nggi vaqtlardagi eng yirik inqirozlardan biri.

– Inqirozdan eng ko‘p zarar ko‘radigan sohalar qaysilar?
– Turizm, transport, mehmonxona tarmoqlari – eng katta zarar ko‘radigan asosiy tarmoqlar. Bu uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar ishlab chiqaradigan tarmoqlar. Inqiroz vaqtida odamlar birinchi navbatda joriy iste’molga e’tibor qaratishadi. Bu – oziq-ovqat mahsulotlari, arzon kiyim-kechak, asosan shu narsalarga pul sarf qilinadi. O‘z-o‘zidan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar iste’moli qisqaradi.

– Qaysi sohani saqlab qolish, qaysisini bankrot qilishni ehtimol bozorning o‘ziga qo‘yib bergan ma’quldir?
– Raqobat – qo‘rqinchli kuch. Biroq u iqtisodiyoni raqbatbardosh bo‘lmagan ishlab chiqaruvchilardan tozalaydi. Uning asosiy ijobiy jihati ham shunda. Joriy vaziyatda ayrim sohalarni qo‘llab-quvvatlaymiz, boshqa sohalarini qo‘llab-quvvatlashga esa qurbimiz yetmaydi, deyish butunlay noto‘g‘ri. Gap butun tarmoq haqida ketar ekan, bu raqobat kuchi emas. Bu tarmoqqa ta’sir ko‘rsatgan favqulodda holat. Ko‘p sohalarda korxonalar yopilib, yo‘q bo‘lib ketsa, keyin bu tarmoqni rivojlantirish qiyin bo‘ladi.

Shuning uchun men bu yerda u qadar keskin bo‘lmasdim. Agar ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘lsa, korxonalarga bevosita yordam ko‘rsatish emas, ayrim tarmoqlar uchun muayyan davr mobaynida soliq ta’tillari, ayrim soliqlarni bekor qilish orqali yordam berish kerak. Alohida korxonalarning qo‘llab-quvvatlanishi katta muammolarga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar