“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:53
ЎЗO‘Z

Markaziy bank O‘zbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini ishlab chiqdi

27 mar, 00:28 5 866 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank O‘zbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini ishlab chiqdi O‘zbekiston Markaziy banki «O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Qayd etilishicha, elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi hisoblanadi. «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasida O‘zbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari belgilangan.

Shuningdek, Markaziy bank «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonunning kuchga kirishi munosabati bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritmoqda, jumladan, Markaziy bank boshqaruvining «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori.

Qayd etilishicha, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonun hamda yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom qayta ko‘rib chiqilib, yangi tahrirda ishlab chiqildi. Amaldagi nizomning tijorat bankining hisob-kitob cheklari va bank plastik kartalari bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi talablari chiqarib tashlandi. Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish tartiblariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Shuningdek olingan kreditlar qaytarilishi uchun kafil bo‘lgan sub’ektlardan qarzdorliklarni undirish maqsadida akseptsiz to‘lov talabnomasi, nafaqat kredit, balki unga hisoblangan foizlarni undirish uchun ham taqdim etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Markaziy bank, elektron pul, to‘lov tizimlari




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 58
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 127
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 72
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 44
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 134
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar