“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:52
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda biznes «fors-major» rejimiga o‘tmoqda

25 mar, 14:47 3 558 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda biznes «fors-major» rejimiga o‘tmoqda Dunyodagi epidemiologik vaziyat va O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishi tufayli hukumat shartnomalar bajarilmagan taqdirda biznes uchun «fors-major» rejimini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish uchun vazirlikka tadbirkorlik sub’ektlarining talablariga binoan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish topshirildi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin (agar fors-major holati koronavirus bilan bog‘liq bo‘lsa).

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 fevraldagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, fors-major – bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tashqi savdo bitimlari (shartnomalar) va xalqaro shartnomalar bo‘yicha tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar.

Bildirilishicha, bunday holatlarga qarzdorning kontragentlari tomonidan majburiyatlar buzilishi, bozorda majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan tovarlarning yo‘qligi va boshqalar kirmaydi.

Umuman olganda, tomonlardan birida yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar o‘zaro manfaatli shartlar bilan kelishib olishga harakat qilishlari mumkin (masalan, shartnoma majburiyatlarini o‘zgartirish orqali majburiyatlarni bajarish muddatini uzaytirish).

Agar tomonlardan biri kelishuvga erisha olmasa, yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatini tasdiqlaydigan sertifikatni olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilishi mumkin.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan sertifikatlarni rasmiylashtirishda respublikaning xo‘jalik sub’ektlariga yordam berish uchun barcha zarur choralar ko‘riladi, deyilgan vazirlik ma’lumotida.

Aloqa uchun telefon raqamlari:

a) Vazirlikning markaziy apparati:
sertifikat berish bo‘yicha vakolatli bo‘linma - 71 238 50 23, 71 238 50 22;
arizalarni ko‘rib chiqish uchun bo‘linma - 71 238 500;

b) vazirlikning hududiy bo‘linmalari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 61 222 31 91;
Andijon viloyati - 74 223 24 03;
Buxoro viloyati - 65 221 51 84;
Jizzax viloyati - 72 226 56 14;
Qashqadaryo viloyati - 75 221 07 14;
Navoiy viloyati - 79 223 78 99;
Namangan viloyati - 69 227 76 46;
Samarqand viloyati - 66 230 48 42;
Sirdaryo viloyati - 67.225 36 65;
Surxondaryo viloyati - 76 223 36 45;
Toshkent viloyati - 70 762 58 97;
Farg‘ona viloyati - 95 402 60 90;
Xorazm viloyati - 62 223 15 06;
Toshkent shahri - 71 210 03 28.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 0
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 144
  • Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda 29 apr, 20:08 52
  • Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 29 apr, 17:43 123
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 86
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 200
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar