“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 23:43
ЎЗO‘Z

Soliqlar summasi kamaydimi?

21 mar, 10:50 3 607 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliqlar summasi kamaydimi? QHTBT portalida DSQning Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori loyihasi joylashtirilgan. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

Kameral soliq tekshiruvi xatolarni aniqlash va ular soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda tuzatilishi uchun soliq to‘lovchining soliq hisobotlarini va boshqa ma’lumotlarni o‘rganish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

U soliq organi buyrug‘i asosida o‘tkaziladi, QQS summasini qoplash chog‘idagi tekshiruvlar bundan mustasno (bu holda buyruq chiqarilmaydi, tekshiruv soliq to‘lovchi tomonidan QQS summasini qaytarish yuzasidan ariza taqdim etilgan kundan e’tiboran 50 kun mobaynida amalga oshiriladi, tahriryat izohi). Agar mazkur soliq davri uchun soliq monitoringi o‘tkazilsa, kameral tekshiruv ushbu davr uchun o‘tkazilmaydi.

Kameral tekshiruv budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalari ilgari taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlariga nisbatan kamaytirilgan yoki tegishli hisobot davrida zarur ko‘rilgan bo‘lsa o‘tkaziladi. Bunda aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida tekshiruv boshlanadi. Uni o‘tkazish muddati buyruqda ko‘rsatiladi.

Kameral tekshiruv chog‘ida soliq organlari soliq to‘lovchi va boshqa shaxslardan birlamchi hujjatlar, soliq yoki buxgalteriya hisobi registrlaridan ko‘chirmalar, tushuntirishlar, boshqa hujjatlar va axborotlarni talab qilib olishga haqli. So‘rovnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi va jo‘natilgan sanadan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi. Agar shaxsiy kabinet mavjud bo‘lmasa, so‘rovnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u jo‘natilganidan so‘ng 5 kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Soliq organining so‘rovnomasiga javoban talab etilgan hujjatlar va tushuntirishlar so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran 5 ish kuni ichida taqdim etilishi kerak.

SKning 111-moddasiga asosan soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini 10 kundan bo‘l bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin. Asos - soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining kameral tekshiruv natijalari bo‘yicha talabnomasiga javoban tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar, shuningdek soliq organi talab qilgan hujjatlarning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi. Tegishli qaror bankka elektron shaklda yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga bu haqda sabablari ko‘rsatilgan holda xabarnoma kelib tushadi.

SKning 145-moddasiga asosan soliq organining tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxlari holatni aniqlash maqsadida tekshirilayotgan shaxsning hududlarini va binolarini, shuningdek hujjatlari va buyumlarini ko‘zdan kechirishga haqli.

Zarur bo‘lgan hollarda, tekshiruv doirasida ahamiyatga ega biror-bir holatlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday voyaga yetgan shaxs ko‘rsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Bundan tashqari, kameral tekshiruvni amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlarni o‘tkazish uchun shartnoma asosida ekspert va tarjimonlar jalb etilishi mumkin.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha soliq hisobotida anilangan tafovut va xatolar soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga jo‘natiladigan talabnomada aks ettirilad u 3 kun o‘tgach qabul qilingan hisoblanadi. Soliq to‘lovchi talabnomaga javobni uni olgan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida jo‘natishi darkor. Soliq hisobotiga o‘zgartirishlar kiritilgan va nomuvofiqliklar bartaraf etilganadn keyin, kameral soliq tekshiruvi yakunlangan deb hisoblanadi.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilganligidan dalolat beruvchi faktlar aniqlanganda, soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan huquqbuzarlik holati aniqlangan kundan e’tiboran 10 ish kuni davomida ushbu mansabdor shaxs va huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim bo‘lgan dalolatnoma tuziladi.

Dalolatnomada soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarining hujjatlar bilan tasdiqlangan faktlari, shuningdek ushbu faktlarni aniqlagan mansabdor shaxsning aniqlangan qoidabuzarlikni bartaraf etishga doir xulosa va takliflari ko‘rsatiladi. Soliq to‘lovchi kameral tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosalar hamda takliflarga rozi bo‘lmagan taqdirda, dalolatnoma olingan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida dalolatnomaning barcha yoki ayrim qoidalari yuzasidan yozma e’tirozlarini tegishli soliq organiga taqdim etishga haqlidir.

Hujjat 2020 yil 31 martga qadar muhokama qilish, fikr-mulohazalar va takliflarni kiritish uchun joylashtirilgan.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 29
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 122
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 120
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 98
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 165
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Bo‘limlar