“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:21
ЎЗO‘Z

Prezident: Yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilinadi

19 mar, 23:30 3 386 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: Yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilinadi Yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilinadi va qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblash to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda koronavirus ta’siri eng yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq ta’tillari va kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berish, budjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar belgilandi.

«Masalan, mehmonxona biznesida 90 milliard so‘mlik, transport-logistika sohasida 650 milliard so‘mlik, umumiy ovqatlanish muassasalarida 180 milliard so‘mlik, tashqi savdo korxonalarida 3,6 trillion so‘mlik kreditlarni qaytarish imkoniyati pasaymoqda. Turistik firma va mehmonxonalar har bir sayyoh uchun kuniga 2-3 dollardan turizm yig‘imi to‘lab kelmoqda.

Shu bois ushbu korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari hokimlarga iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan korxonalardan mahalliy soliqlarni undirishni 6 oygacha kechiktirish vakolati berilishini qayd etib o‘tgan.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig‘i, fermerlarning suv solig‘i 50 foizga kamaytiriladi. Bunda mahalliy budjetdagi yo‘qotishlar respublika budjetidan qoplab beriladi.

Yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilinadi va qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblash to‘xtatiladi. Bunday qiyin sharoitda tadbirkorni birorta tekshiruvchi bezovta qilmaydi.

Yig‘ilishda xalqaro savdodagi vaziyatni inobatga olib, eksport-import bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikka jarima qo‘llamaslik, «yashil yo‘lak»lardan mahsulot o‘tkazishni ko‘paytirish, yuk tashishda yuzaga kelayotgan masalalarni operativ hal etib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

«Hozirgi holatda ba’zi korxonalarning soliq tushadigan bazasi kamayishi tabiiy. Lekin bu kamomad nima hisobidan qoplanishi bo‘yicha mutasaddilarda kundalik tahlil va so‘rov bo‘lishi shart», degan prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 42
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 123
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 71
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 42
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 133
  • O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi 29 apr, 22:50 152
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar